O‘ZGАLАR MULKINI TАLON-TOROJ QILISH TUSHUNCHАSI VА UNING BELGILАRI

Taxirov Farhod

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish tushunchasi va uning belgilariga doir masalalar tahlil etilgan. Olimlarning bu boradagi fikr va mulohazalari o‘rganilib, mazkur tushuncha bilan bog‘liq masalalarni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan. Shuningdek, maqolada talon-toroj qilishning bosqinchilik, talonchilik, firibgarlik va o‘g‘irlik kabi shakllariga nisbatan olish, olib qo‘yish so‘zlarini qo‘llash mumkinligi, lekin tovlamachilik va o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishga nisbatan qo‘llab bo‘lmasligi haqidagi fikrlar bayon etilgan. Chunki tovlamachilik jabrlanuvchini o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish, rastrata esa aybdor mulkni olmasdan turib, birdaniga boshqalarga berib yuborish orqali ham sodir etilishi mumkin. O‘zlashtirish yoki rastratada mulkdor tomonidan mulk aybdorga ishonib topshirib qo‘yilganligi uchun aybdor o‘zidagi mulkni o‘zi olib qo‘ya olmaydi, biroq uni mulkdor boshqaruvidan qonunga xilof ravishda chiqarishi hamda o‘z foydasiga (o‘zlashtirishda) yoki boshqa shaxslar foydasiga (rastratada) qaratishi mumkin. Maqolada talon-toroj qilingan mulk qiymatining qisman to‘lanishi talon-toroj tarkibi mavjudligini istisno etmasligi borasida ham fikrlar keltirilgan.
Iqtibos uchun
Kalit so'zlar
o‘zgalar mulki, talon-toroj, jinoyat, jazo, javobgarlik, mulk, o‘zlashtirish, rastrata, o‘rnini qoplamaslik, zarar.
For citation:
Tashriflar soni: 241