JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISHDA JINOYAT-PROTSESSUAL PRINSIPLARNING AHAMIYATI
Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti doktoranti, kapitan
Annotatsiya
Ushbu maqolada jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning protsessual asoslari bo‘lgan ish yuritishni rad etish va tugatish instituti hamda jinoyat-protsessual qonunchilikning rahbariy qoidalari hisoblangan jinoyat-protsessual kodeksi prinsiplarining o‘zaro mutanosibligi holatlari tadqiq etilgan. Shu bilan birga, Jinoyat-protsessual kodeksi prinsiplarining ahamiyati, qonunchilik va qonunchilikning mazkur sohasi rivojida tutgan o‘rni borasidagi fikr va qarashlar tahlil qilingan. Maqolada jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish va jinoyat ishini tugatish amaliyotidagi o‘zaro nomutanosibliklar hamda kollizion holatlar yoritilgan. Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksi prinsiplaridan biri hisoblangan jinoyat ishini qo‘zg‘atishning muqarrarligi prinsipi, uning mavjud bo‘lish sababi, qonunchilikda belgilanishi, o‘zgarish tendensiyasi va uning tutgan o‘rni borasida fikrlar o‘rganilgan. Tadqiqotda analiz, sintez, induksiya, deduksiya, qiyosiy-huquqiy tahlil kabi metodlar qo‘llangan. Tadqiqot ishida ilg‘or xorijiy tajriba, ilmiy-nazariy qarashlar, tergov hamda sud amaliyoti ko‘rib chiqilgan. Buning natijasi o‘laroq, Jinoyat-protsessual kodeksiga tegishli o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar
prinsiplar, rahbariy qoidalar, jinoyat ishini qo‘zg‘atish muqarrarligi, jinoyat ishini tugatish, rad etish, ijtimoiy xavflilik.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 225