TINTUV YOKI OLIB QOʻYISH OʻTKAZISHDA SHAXS HUQUQLARI VA QONUNIY MANFAATLARINI KAFOLATLASH

Yermekbayev Bauirjan Amantayevich

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Jinoiy huquqiy va fuqarolik huquqiy fanlar kafedrasi assistent oʻqituvchisi

Akmalov Hamid Akmalovich

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridik fakulteti 3-bosqich talabasi

Annotatsiya
Mazkur maqolada jinoyat protsessida tergov harakati hisoblangan olib qoʻyish tushunchasi va olib qoʻyish tergov harakatini oʻtkazishda shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlarining protsessual kafolatlari masalalari atroflicha tahlil qilingan. Bunda olib qoʻyish tushunchasi boʻyicha jinoyat-protsessual qonunchiligida belgilangan normalar, soha mutaxassislari va olimlarning bu boradagi qarashlari oʻrganilgan. Oʻz navbatida, uning tintuv tergov harakati tushunchasidan farqli jihatlari ochib berilgan. Jinoyat-protsessual qonunchiligida tergovchiga olib qoʻyish oʻtkazishda shaxs huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga taalluqli boʻlgan masalalarni hal qilish boʻyicha keng vakolatlar berilgan boʻlib, ushbu maqolada tergov jarayonida tintuv oʻtkazishda tergovchi va ishtirokchilar amal qilishi zarur boʻlgan shartlar tahlil qilingan. Oliy qoʻyish jarayoni shaxslarning mol-mulki daxlsizligiga boʻlgan huquqi bilan bevosita aloqador ekanligi sababli maqolada ushbu tergov harakatini amalga oshirishda mol-mulk daxlsizligiga boʻlgan huquqni kafolatlashga doir milliy va xalqaro qonunchilik tadqiq etilgan.
Kalit so'zlar
lib qoʻyish, tintuv, shaxs huquqlari, qonuniy manfaatlari, protsessual kafolatlar, tergovchi, mol-mulk daxlsizligi, sud ajrimi, olib qoʻyish bayonnomasi.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 206