
KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV 3-SON / 2025
Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan
Ochilov Samariddin Kamoliddinovich
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Bakalavriat fakulteti katta prokurori
Annotatsiya
Jamiyatda liberal munosabatlar keng qamrovli ahamiyat kasb etishi inson huquq va erkinliklari hamda jinoiy odil sudlov tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Ayniqsa, jazoni o‘tashga hukm qilingan shaxsning tuzalish yo‘liga o‘tganligini maqsadli baholash, shaxsga nisbatan qo‘llanilgan jazoning sifati va samaradorligini oshirishni taqozo qilmoqda. Shu jumladan, mahkumni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish institutini qo‘llashga oid qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish masalalarini tadqiq etish bugungi kundagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Garchi, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish jinoyat huquqining rag‘batlantiruvchi normasi hisoblansa-da, ushbu institutni qo‘llash kutilgan samara berishi bahsli muhokamalarni keltirib chiqaradi.
…
Paraxatova Shaxnoza Yernazarovna
Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat protsessi doirasida ekspert tekshiruvini oʻtkazish uchun namunalar olishda shaxsning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlashning huquqiy va protsessual jihatlari koʻrib chiqildi. Mavzuning dolzarbligi jinoiy odil sudlov manfaatlari va fuqarolarning Konstitutsiyada kafolatlangan huquqlari, jumladan, shaxs daxlsizligi, asossiz aralashuvdan himoyalanish hamda sud himoyasi huquqi oʻrtasidagi muvozanatni saqlash zarurati bilan belgilanadi. Qonuniylik, mutanosiblik va inson qadr-qimmatini kamsitishga yoʻl qoʻymaslik tamoyillarini hisobga olgan holda tadqiqotda namunalar olish tartibi tahlil qilindi. Jumladan, tanlash asoslari, tartibi va ruxsat etilgan usullarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar koʻrib chiqildi. Shaxsning roziligini olish zarurati, himoyachi ishtirokini taʼminlash, shuningdek, majburiy namuna olishda sud nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqiy tartibga solishning muammoli jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
…
Mirzayeva Mohina Srojiddinovna
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqola yoʻl-transport infratuzilmasi loyihalarida korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro tajribasi, amalga oshirilgan ishlarning samarali choralari tahliliga bagʻishlangan. Xalqaro tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, korrupsiyaga qarshi samarali mexanizmlar – ochiq tender tizimlari, fuqarolik jamiyati nazorati, xalqaro monitoring organlari va javobgarlik mexanizmlari – infratuzilma loyihalarining samaradorligi va sifatini oshirishda muhim vositadir. Bunday tajribalarni oʻrganish va milliy amaliyotga tatbiq etish Oʻzbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlar uchun dolzarb vazifalardan biridir. 2022–2024-yillarda Oʻzbekistondagi yoʻl-qurilish sohasida tender jarayonlarida aniqlangan qoidabuzarliklar, davlat xaridlarida shaffoflik yetishmasligi, moliyaviy mablagʻlarni suiisteʼmol qilish holatlari va ularning iqtisodiy hamda ijtimoiy oqibatlari tavsifiy tahlil usulida koʻrib chiqildi.
…
Ismoilov Zafarbek Kamol o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi samarali kurashish masalalari yoritilgan. Mavzuning dolzarbligi jinoyatlarning shakli va tusining murakkablashib borayotgani, ularning oldini olish uchun zamonaviy, tizimli va barqaror yondashuvlar talab qilinayotgani bilan belgilanadi. Maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunchilik, davlat siyosati, ijtimoiy institutlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati, xalqaro tajriba va ularni O‘zbekiston sharoitiga tatbiq etish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda statistik ma’lumotlar, qonunchilik hujjatlari, ijtimoiy so‘rovlar natijalari va grafiklar asosida xulosalar chiqarilgan.
…