KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV 1 / 2022

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Rustamboyev Mirzayusup Xakimovich

О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i, professor, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada О‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligidagi qiynoq tushunchasi va uning belgilari borasida sо‘z yuritiladi. Muallif maqolada qiynoqqa solish, shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi hisoblangan muomala hamda jazo turlarini qо‘llashni taqiqlashni talab qiluvchi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari…

Niyozova Salomat Saparovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi va unga doir milliy hamda xorijiy davlatlar tajribasi tahlil etilgan. Jumladan, G‘arb davlatlari viktimologik profilaktikasi о‘rganilib, uning quyidagi elementlari ajratib kо‘rsatiladi va ularni shartli ravishda uch guruhga jamlash mumkin:…

Hakimov Komil Baxtiyarovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi mudiri

Annotatsiya
Mazkur maqolada qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar tushunchasi va o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan bo‘lib, bu borada olimlarning fikrlari tahlil etilgan. Shuningdek, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar bilan bog‘liq jinoyat qonuni normalarini takomillashtirish borasida tegishli taklif va tavsiyalar berilgan.

Fazilov Farxod Maratovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsent v.b., yuridik fаnlаr bo‘yichа fаlsаfа doktori (PhD)

Annotatsiya
Maqolada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning umumiy tushunchasi tahlil qilingan. Muallif eʼtibori jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jamiyat hayotining turli sohalarida uyushgan jinoyatchilik yuzaga kelishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoit yaratishi tufayli milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid solish mumkinligiga qaratilgan…

Islomov Bunyod Ochilovich

“KDB Bank О‘zbekiston” AJ bosh yuriskonsulti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Maqolada jinoyat huquqida jinoyat obyektiv tomoni tushunchasi tahlil qilinib, jinoyat tarkibi mazkur elementining jazoni yengillashtirish institutining amal qilishida tutgan о‘rni izohlangan. Jinoyat huquqi nazariyasida jazoni og‘irlashtiruvchi holatlarni tasniflashda jinoyat tarkibi elementlaridan mezon…

Saloxova Sarvinoz Sadriddin qizi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimi, Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Maqolada muallif tomonidan ilg‘or xorijiy davlatlar – Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlarda voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan…

Xojiyeva Rо‘zigul Xudayberdiyevna

Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filiali о‘qituvchisi, tayanch doktoranti

Annotatsiya
Ushbu maqolada korrupsiyaviy jinoyatlar tushunchasi, korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan mamlakatimizdagi sо‘ngi islohotlar, ularni amalga oshirishdagi muammo va kamchiliklar haqida sо‘z yuritilgan…

To‘rabayeva Ziyoda Yakubovna

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ayni vaqtda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jinoyat-huquqiy sohadagi islohotlar ham jinoiy jazolarni liberallashtirish, voyaga yetmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazolashdan ko‘ra tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish orqali ularning yangi jinoyat sodir etishining oldini olish yo‘llarini…

Masharifov Sirojbek Bahodirovich

Xorazm viloyati yuridik texnikumi dekani, Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada jinoyat huquqida nisbatan kam o‘rganilgan xato tushunchasi turli xorijiy va mahalliy huquqshunos olimlarning fikrlari asosida muallifning tahliliy mulohazalari asosida o‘rganilgan. Maqolada jinoyat huquqida xato uning kelib chiqishi va uning o‘rganilishi muayyan turlarga bo‘linishi uning nazariy va amaliy asoslari jinoiy huquqiy tahlil qilingan…