KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV 1-SON / 2024

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Ergashev Ikrom Abdurasulovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada soliq intizomini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikning huquqiy asoslari tizimli tahlil qilingan. Hozirga qadar soliq intizomini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikning ilmiy asoslari chuqur tadqiq etilmagan. Shu bois sohaga oid amaliyot kuzatildi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda soliq intizomini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik masalasi huquqiy va iqtisodiy jihatdan yetarlicha oʻrganilmagani asoslandi. Soliq intizomini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikning nazariy jihatlarini yoritib berishga harakat qilindi. …

Kamalova Dildora Gayratovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Jinoyatdan ixtiyoriy qaytishning huquqiy tabiati yuzasidan mushohadalar XX asrning oʻrtalaridan boshlab shakllangan boʻlib, oʻsha davrda olib borilgan tadqiqotlarda uning bir qator tomonlari yoritilgan. Ushbu masalaning genezisiga eʼtibor qaratar ekanmiz, ixtiyoriy qaytishning huquqiy oqibati borasida hanuz yagona qarash shakllanmaganini koʻrish mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonunida “Ixtiyoriy qaytganlik uchun jinoiy javobgarlik istisno etiladi” degan qoida belgilangan. …

Xodjayev Shoxrux Muzaffarovich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti yetakchi ilmiy xodimi

Annotatsiya
Ushbu maqolada tergov sudyasining huquqiy maqomi, tergov sudyasi institutining kelib chiqish tarixi va rivojlanish bosqichlari, jinoyat protsessida tergov sudyasi institutining ahamiyati va oʻziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 300-sonli qarori bilan 2024-yil yakuniga qadar tezkor-qidiruv va tergov harakatlariga sanksiya berish masalasini alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqish tartibi joriy etilishi belgilanganligi, tergov sudyasining nafaqat tezkor-qidiruv va tergov harakatlariga sanksiya berish, balki uning jinoyat protsessida ishni sudga qadar yuritish bosqichida sud nazoratini amalga oshirish tamoyilidan kelib chiqib tergov sudyasining vakolatlarini keng doirada belgilash masalalariga toʻxtalib oʻtilgan. …

Otegenova Luiza Joldasbayevna

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarning qiyosiy-huquqiy tahliliga doir masalalar koʻrib chiqilgan. Jumladan, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarning turlari va oʻzaro farqli jihatlarining qiyosiy huquqiy tahliliga oid nazariya hamda amaliyot oʻrganilgan. Masalan, zaruriy mudofaa holatida tajovuz qiluvchi mudofaalanuvchini ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishga jismoniy yoki ruhiy majburlamasligi yoxud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitmasligi, shunday majburlash oqibatida mudofaalanuvchi oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmay qolishi mumkin emasligi ham tahlil etilgan. …

Tulaganova Gulchexra Zaxitovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Ushbu maqolada jinoyat-protsessual faoliyat, odil sudlovni taʼminlash zarurati, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, shaxs va jamiyat manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish bilan bogʻliq masalalar yoritilgan. Jinoyat ishini yuritishga masʼul boʻlgan davlat organlari, mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tergovga qadar tekshiruv, jinoyat ishlarini tergov qilish faoliyati, sodir etilgan jinoyat natijasida huquqlari buzilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning huquqlarini tiklash jarayonlari tahlil qilinib, kelgusida bu kabi jinoiy qilmishlar ayblanuvchi tomonidan takroran sodir etilishining oldini olish masalalari ochib berilgan. …

Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich

Jamoat xavfsizligi universiteti Jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqolada mamlakatimiz jinoyat-protsessual qonunchiligida sudga qadar ish yurituvining alohida bosqichi hisoblangan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda vujudga kelayotgan huquqiy muammolar muhokama qilingan. Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv bosqichining vazifalaridan biri – jinoyat haqidagi ariza va xabarlarda jinoyat faktining mavjudligi yoki mavjud emasligini tasdiqlashda ayrim tergov harakatlarini oʻtkazish zarurati ochib berilgan. …