HUQUQBUZARLIKLARNING VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASIGA OID MILLIY VA AYRIM XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI
Niyozova Salomat Saparovna
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori
Annotatsiya
Mazkur maqolada huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi va unga doir milliy hamda xorijiy davlatlar tajribasi tahlil etilgan. Jumladan, G‘arb davlatlari viktimologik profilaktikasi о‘rganilib, uning quyidagi elementlari ajratib kо‘rsatiladi va ularni shartli ravishda uch guruhga jamlash mumkin: shaxs yoki ijtimoiy guruhning viktimizatsiya jarayonlarining obyektiv sabablarini kamaytirish; aholining alohida toifadagi shaxslari orasida tushuntirish ishlarini olib borish, viktimologik targ‘ibot; jabrlanuvchilarga yordam kо‘rsatish, zararni qoplash va davlat tomonidan kompensatsiya to‘lash masalalari bayon etilgan. Shuningdek, maqolada viktimologik profilaktikaning turlari bо‘yicha olimlarning fikr va mulohazalari о‘rganilgan. Viktimologik profilaktika tushunchasining oydinlashtirilishi, maqsadi va vazifalarining aniq belgilanishi uning samarali chora-tadbirlar tizimining ishlab chiqilishi, shuningdek mazkur profilaktik chora-tadbirlarning aniq manzilga yо‘naltirilishi, ularga kompleks yondashilishi va ta’sirchanligi borasidagi fikrlar ham tahlil etilgan. Viktimologik profilaktika ikkita asosiy: maxsus va umumiyning о‘zaro bog‘liqligini о‘rganish darajasida olib borilishi ham tahlil etilib, bu borada tegishli taklif va tavsiyalar berilgan. Viktimologik profilaktikaning asosiy maqsadi jinoyat qurbonlariga bevosita ta’sir kо‘rsatish orqali aniq jinoyatlarning oldini olish samaradorligini oshirish va jinoyatlardan jabr kо‘rishga tо‘sqinlik qilish kabilar ekanligi yuzasidan fikrlar bildirilgan.
Iqtibos uchun
Kalit so'zlar
huquqbuzarliklar, viktimologiya, profilaktika, umumiy, maxsus, yakka tartib, g‘ayriijtimoiy qilmish, motiv, maqsad, jinoiy tajovuz.
For citation:
Tashriflar soni: 107