JINOYAT HUQUQIDA XATO VA UNING KVALIFIKATSIYA QILISHDAGI O‘RNI HAMDA AHAMIYATI

Masharifov Sirojbek Bahodirovich

Xorazm viloyati yuridik texnikumi dekani, Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada jinoyat huquqida nisbatan kam o‘rganilgan xato tushunchasi turli xorijiy va mahalliy huquqshunos olimlarning fikrlari asosida muallifning tahliliy mulohazalari asosida o‘rganilgan. Maqolada jinoyat huquqida xato uning kelib chiqishi va uning o‘rganilishi muayyan turlarga bo‘linishi uning nazariy va amaliy asoslari jinoiy huquqiy tahlil qilingan. Muallif o‘z fikrida yuridik va faktik xato turlarini tahlil qilgan va bundan tashqari xato tushunchasini boshqa turlarga bo‘linish asoslarini ham keltirib o‘tadi va bunga jinoyat huquqi sohasidagi xorijiy va mahalliy mualliflarning fikrlarini keltirgan holda ilmiy munozaraga kirishgan. Bundan tashqari xato va uning shakllari haqidagi fikrlari bilan ilmiy mulohaza qilingan. Ularning fikrlari orqali yoritilgan tahlillar muallif tomonidan tanqidiy o‘rganilgan va o‘zining huquqiy yechimlari taklif qilgan. Xato tushunchasini jinoiy huquqiy jihatdan turkumlash bo‘yicha ham muallif takliflarni keltirgan. Shu bilan bir qatorda jinoyat kodeksining ayrim moddalarini tahlil qilib uning takomillashtirish va noaniqliklarni bartaraf qilish bo‘yicha ham asosli takliflar berilgan. Maqola keng ilmiy jinoyat huquqiy mulohazalarga ega va unda keltirilgan xulosalar o‘rinli va kelajakda jinoyat qonunchiligini takomillashirishga xizmat qiladi.
Iqtibos uchun
Kalit so'zlar
xato, yuridik xato, faktik xato, obyekt, subyekt, kvalifikatsiya, tafakkur.
For citation:
Tashriflar soni: 308