KORRUPSIYAVIY JINOYATLARGA QARSHI JINOYAT-HUQUQIY CHORALARNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Xojiyeva Rо‘zigul Xudayberdiyevna
Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filiali о‘qituvchisi, tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada korrupsiyaviy jinoyatlar tushunchasi, korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan mamlakatimizdagi sо‘ngi islohotlar, ularni amalga oshirishdagi muammo va kamchiliklar haqida sо‘z yuritilgan. Bundan tashqari, korrupsiyaviy jinoyatlar uchun qonunchilikda belgilangan choralar, xususan, jinoyat-huquqiy choralar: tushunchasi va mazmun mohiyati, ularning tо‘g‘ri tartibi va asoslari kabi masalalar haqida ham fikr bildirilgan. Bu borada muallifning ilmiy-tanqidiy fikrlaridan tashqari, bir qator milliy huquqshunos olimlarimizning va xorijiy davlatlar huquqshunos olimlarining ilmiy-nazariy fikrlari ham о‘rganib chiqilgan. Jinoyat qonunchiligida korrupsiyaviy jinoyatlar uchun belgilangan javobgarlik masalalarida, jazo tayinlash hamda boshqa majburlov choralarini belgilash tartibida kamchiliklar borligi, ularni tuzatish uchun Jinoyat kodeksining ayrim moddalariga о‘zgartirishlar kiritish lozimligi aniqlangan. Shuningdek, korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi jinoyat-huquqiy choralarni qо‘llash bо‘yicha ayrim rivojlangan xorijiy davlatlar qonunchiligi ham tizimli tahlil qilingan va xorijiy davlatlar tajribasi asosida jinoyat qonunchiligini takomillashtirish bо‘yicha bir qancha takliflar berilgan.
Iqtibos uchun
Kalit so'zlar
korrupsiya, pora, pora olish, pora berish, javobgarlik, majburlov chorasi, jazo, jinoyat-huquqiy choralar.
For citation:
Tashriflar soni: 93