JINOIY FАOLIYATDАN OLINGАN DАROMАDLАRNI LEGАLLАSHTIRISH JINOYATI YUZАSIDАN АSOSIY TUSHUNCHАLАR VА KVАLIFIKАTSIYA MАSАLАLАRI

Kayumov Baxtiyor Erkinjonovich

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Аkademiyasining “Iqtisodiy jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni tashkil etish” kafedrasi boshlig‘i

Daminov Rustam Baxtiyor o‘g‘li

Bosh prokuratura akademiyasi magistraturasi tinglovchisi

Annotatsiya
Jahonda jinoyatchilikka qarshi kurash, sudlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun odillik prinsipiga asosan jazo tayinlash, jinoyat qonunchiligini liberallashtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish uchun javobgarlikni belgilash hamda unga imkon bergan sabab va sharoitlarning oldini olish, ushbu jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish va uni sodir etganlik uchun javobgarlikni takomillashtirish, bu boradagi xalqaro standartlarning milliy qonunchilikka implementatsiyasini kuchaytirish sohasida tadqiqotlar o‘tkazishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Xufyona iqtisodiyotni vujudga keltiruvchi asosiy omillardan biri – bu jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish hisoblanadi. Jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarning asosiy qismi nazoratni chetlab, savdo-sotiq muomalasiga kiritish yo‘li bilan legallashtiriladi. Bunday yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish usullari turlichadir. Qonunga xilof ravishda olingan naqd pullar va boshqa qimmatliklar, masalan, bankka qo‘yilishi yoki ko‘chmas mulkka sarflanishi mumkin. Ko‘chmas mulk keyinchalik sotiladi va bu pullar qonuniy tus oladi. Mazkur maqolada jinoiy daromadlarni legallashtirish tushunchasiga nisbatan olimlarning fikr va mulohazalari tahlil qilingan.
Iqtibos uchun
Kalit so'zlar
jinoyat, jinoiy javobgarlik, jinoiy daromadlar, pul yuvish, legallashtirish, jazo.
For citation:
Tashriflar soni: 159