KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV 4-SON / 2023

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Niyozova Salomat Saparovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarga doir ilmiy yondashuvlar bayon etilgan. Muallif voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarga doir ilmiy yondashuvlar masalalarini tahlil etishda ilmiy bilishning tarixiy, tizimli, mantiqiy qiyosiy-huquqiy, statistik, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish amaliyoti usullaridan keng foydalangan holda tahlil etgan. Maqolada voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi sabablari ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni taqozo qiladigan, uni oziqlantiradigan, koʻpayishini taʼminlaydigan hodisa, voqea va jarayonlarning yigʻindisi boʻlsa, jinoyat shart-sharoitlari esa jinoyatni bevosita keltirib chiqarmasa-da, lekin uning sodir etilishiga koʻmaklashadigan hodisa, voqea va jarayonlarning majmui hisoblanishi yuzasidan fikrlar berib oʻtilgan. …

Islomov Bunyod Ochilovich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi, “KDB Bank O‘zbekiston” AJ bosh yuriskonsulti

Annotatsiya
Ushbu maqolada jinoyat huquqida jazoni yengillashtirish instituti va jazoni yengillashtirish usullari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 57-moddasida nazarda tutilgan yengilroq jazo tayinlash, ya’ni sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda jazoni yengillashtirish tartibi, shuningdek, qayd etilgan tartibning ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘zda turilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar vositasida jazoni yengillashtirish hamda mazkur Kodeksning 571-moddasiga muvofiq aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganida jazo tayinlash tartibi bilan o‘zaro nisbati qator xorijiy mamlakatlar, shu jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotiga a’zo mamlakatlar jinoyat qonunlari bilan qiyosiy jihatdan tahlil qilingan. …

Qodiraliyev Saddam Baxtiyorjon oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi katta oʻqituvchisi

Gulmurodov Firuzbek Olimjon oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi

Annotatsiya
Ushbu maqolada tergov sudyasining huquqiy maqomi, tergov sudyasi institutining kelib chiqish tarixi va rivojlanish bosqichlari, jinoyat protsessida tergov sudyasi institutining ahamiyati va oʻziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 300-sonli qarori bilan 2024-yil yakuniga qadar tezkor-qidiruv va tergov harakatlariga sanksiya berish masalasini alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqish tartibi joriy etilishi belgilanganligi, tergov sudyasining nafaqat tezkor-qidiruv va tergov harakatlariga sanksiya berish, balki uning jinoyat protsessida ishni sudga qadar yuritish bosqichida sud nazoratini amalga oshirish tamoyilidan kelib chiqib tergov sudyasining vakolatlarini keng doirada belgilash masalalariga toʻxtalib oʻtilgan. …

Yermekbayev Bauirjan Amantayevich

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Jinoiy huquqiy va fuqarolik huquqiy fanlar kafedrasi assistent oʻqituvchisi

Akmalov Hamid Akmalovich

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridik fakulteti 3-bosqich talabasi

Annotatsiya
Mazkur maqolada jinoyat protsessida tergov harakati hisoblangan olib qoʻyish tushunchasi va olib qoʻyish tergov harakatini oʻtkazishda shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlarining protsessual kafolatlari masalalari atroflicha tahlil qilingan. Bunda olib qoʻyish tushunchasi boʻyicha jinoyat-protsessual qonunchiligida belgilangan normalar, soha mutaxassislari va olimlarning bu boradagi qarashlari oʻrganilgan. Oʻz navbatida, uning tintuv tergov harakati tushunchasidan farqli jihatlari ochib berilgan. …

Olimov Bekmirza Tuxtapulatovich

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada uyushgan guruhlarni sodir etgan jinoyati uchun tergov qilishda tergov harakatlari o‘tkazishning muhim jihatlari yoritilgan. Shuningdek, tergovchi va operativ-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, dastlabki tergovni amalga oshirish kabi protsessual harakatlarning qanday tartibda bajarilishi keltirilgan. Mazkur tezisning asosliligi jinoyatlarning ko‘plab turlari, jumladan, uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish bilan bog‘liq…