BOJXONA TO‘G‘RISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZISH JINOYATINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI VA OBYEKTIV BELGILARI
Xoliqov Farhod O‘ktamovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurishish kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya
Maqolada muallif tomonidan bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatining obyektiv belgilariga oid ayrim mulohazalar bayon qilingan. Shuningdek, muallifning qayd etishicha, bugungi kunda rivojlangan bozor iqtisodiyoti va globallashuv jarayonlarida hech qaysi mamlakat o‘z qobig‘iga o‘ralib, faqat o‘zi ishlab chiqargan mahsulot hisobiga yashay olmaydi. Dunyo bozori mavjud ekan, mamlakatlar o‘rtasida xalqaro mehnat taqsimoti, tovarlarni ayirboshlash uchun eksport-import operatsiyalari ham mavjud bo‘ladi. Bunday tovarlarning turi va miqdori, albatta, muayyan davlatdagi mavjud ehtiyojlardan kelib chiqadi. Har bir mamlakat o‘z iqtisodiyotini tashkil etar ekan, ushbu holatlarni hisobga olishga majburdir. O‘zi ishlab chiqargan tovarlar hisobiga natural xo‘jalik asosida yashamoqchi bo‘lgan mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, ular qoloqlik va qashshoqlikka mahkum bo‘ladilar. Ammo bunday sharoitda davlat hududiga kirib kelayotgan tovarlarning belgilangan standartlarga javob berishi, turi va sifati katta ahamiyat kasb etadi. Sifatsiz va tegishli standartlarga javob bermaydigan tovarlarning mamlakat hududiga olib kirilishi nafaqat aholi salomatligi, hayoti, balki davlat xavfsizligiga ham xavf tug‘diradi. Shu sababdan kamroq harakat qilib, ko‘proq foyda qilishni o‘ylagan jinoyatchilar turli yo‘llar va usullar orqali bunday tovarlarni mamlakat hududiga olib kirish (olib chiqish)ga harakat qiladilar. Shuning uchun ham barcha davlatlarda shu kabi holatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish maqsadida mamlakatning chegara hududlarida bojxona nazorati tashkil etiladi.
Kalit so'zlar
tovar, boshqa qimmatliklar, bojxona, bojxona qonunchiligi, bojxona nazorati, yashirib o‘tkazish, bojxona hujjatlari, deklaratsiya, O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib o‘tish.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 214