JAZONI YENGILLASHTIRUVCHI HOLATLARGA DOIR JINOYAT QONUNCHILIGI NORMALARINING RIVOJLANISHI

Muslimov Ikrom Tuxtamuratovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada tadqiq etishning mantiqiylik, tizimlilik, qiyosiy-huquqiy metodlaridan keng foydalanilgan. Jumladan, birinchi navbatda, jazoni yengillashtiruvchi holatlarga doir qonunchilik normalarining rivojlanishi, shuningdek, u haqdagi olimlarning ilmiy qarashlari, tadqiqotlari, ular o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlar atroflicha bayon qilingan. Shu bilan birga, jazoni yengillashtiruvchi holatlar turlari bilan qiyosiy tahlil qilinib, ulardagi muammoli jihatlar aniqlandi va ketma-ket tavsiflab berildi. JK 55-moddasining birinchi qismida mustahkamlangan ro‘yxatda bo‘lg‘usi jazoni yumshatish bilan bir qatorda, hatto JKning 64–67-moddalari qoidalaridan birini qo‘llab, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish imkonini beradigan alohida jazoni yengillashtiruvchi holatlar nazarda tutilganligi asosli ravishda tahlil qilingan. Jinoyat huquqi doktrinasi va unda mavjud ilmiy tadqiqotlar tahlil etilib, bu borada asosli nazariy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
jinoyat, jazo, jinoyat qonunchiligi, jazoni yengillashtiruvchi holatlar, jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 191