IQTISODIYOT ASOSLARIGA QARSHI JINOYATLARNING TURI SIFATIDA BOJXONA TOʻGʻRISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISHNING OBYEKTIV BELGILARI TAHLILI
Ermashev Jengis Maratovich
yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya
Mazkur maqolada iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlarning bir turi sifatida bojxona qonunchiligi buzilishining obyektiv belgilari tahlil qilingan. Maqolada ushbu jinoyat obyekti o‘rganilgan hamda umumiy, maxsus, turdosh, bevosita asosiy va bevosita qoʻshimcha obyektlariga ko‘ra tasniflangan. Shuningdek, qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklarni inobatga olgan holda, ushbu jinoyat obyektlarining tarkibiga aniqlik kiritilishi tahlil qilinayotgan jinoyat tarkibidan, jumladan, xavfli chiqindilar va mamlakatimizga import qilinishi taqiqlangan buyumlarni jinoyat predmeti doirasidan chiqarish zaruratidan kelib chiqadi. Bundan tashqari, mazkur tadqiqotda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishning obyekti tomoni, uning asosiy va fakultativ belgilari, ularning qilmish kvalifikatsiyasiga taʼsiri kabi masalalar atroflicha tahlil qilingan. Xususan, ushbu jinoyatning obyektiv tomonini tashkil etuvchi harakatlar roʻyxati va xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida mustahkamlangan roʻyxati qiyosiy tahlil qilingan. Ishda tahlil qilingan har bir holat yuzasidan muallifning asosli xulosa va takliflari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilovchi milliy jinoyat qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar bildirilgan.
Kalit so'zlar
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyat, jinoyatning obyekti, jinoyatning obyektiv tomoni, iqtisodiyot sohasining xavfsizligi, xavfli chiqindilar, kontrabanda, bojxona nazorati, bojxona hujjatlari yoki vositalari, deklaratsiya, tovar yoki boshqa qimmatliklar.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 223