JINOYAT HUQUQI PRINSIPLARI: QONUNCHILIK VA HUQUQNI QO‘LLASH AMALIYOTIGA TATBIQ ETISH MASALALARI
Toshpulatov Аkrom Ikromovich
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar nomzodi
Annotatsiya
Jinoyat qonunchiligining samarali tizimini yaratish davlatning qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, inson huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, tinchlik va xavfsizlikni ishonchli himoya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Alohida turdagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun sanksiyalar qilmishlarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasiga nomuvofiqligi, jumladan, jazoning muqobil turlari, rag‘batlantiruvchi normalar va jamoat ta’sir choralari yetarli darajada qo‘llanmasligi va samarasizligi bu borada ilmiy izlanishlar olib borishning dolzarbligini belgilaydi. Maqolada Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning jinoyat huquqi prinsiplariga qanchalik mosligi masalasi tadqiq qilingan. Shuningdek, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi normalari tahlili asosida ayrim jinoyatlar uchun qonunda belgilangan jazolar ularning ijtimoiy xavfliligiga mos emasligi ko‘rsatib berilgan. Muallif insonparvarlik va odillik prinsiplarini jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan faqat yengilroq jazo qo‘llash uchun asos sifatida baholamaslik kerakligini ta’kidlagan. Maqolada jinoiy jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlashni sud hujjatlarini ijro etmaslik jinoyatidan farqlash, jinoiy jazo tayinlashda teng huquqlilik prinsipiga rioya etish, jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtirishga oid takliflar bildirilgan.
Kalit so'zlar
qonun, jinoyat, prinsip, qonuniylik, insonparvarlik, odillik, javobgarlik, jazo.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 313