UYUSHGAN GURUHLAR TOMONIDAN SODIR ETILGAN JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA DASTLABKI VA KEYINGI TERGOV HARAKATLARINI O‘TKAZISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Shonazarov Abduvali Shonazarovich
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikum o‘qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada uyushgan guruhlarni sodir etgan jinoyati uchun tergov qilishda tergov harakatlari o‘tkazishning muhim jihatlari yoritilgan. Shuningdek, tergovchi va operativ-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, dastlabki tergovni amalga oshirish kabi protsessual harakatlarning qanday tartibda bajarilishi keltirilgan. Mazkur tezisning asosliligi jinoyatlarning ko‘plab turlari, jumladan, uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish bilan bog‘liq. Bunday kriminalistik xususiyat faqat jinoyatlarni tergov qilishda isbotlanganlik bilan emas, balki jinoiy faoliyat belgilarining xususiyatlari, shuningdek, jinoyatni isbotlashda foydalaniladigan elementlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan izohlanadi. Tergovchilar va tezkor xodimlarning uyushgan jinoiy faoliyatning kriminalistik xususiyatini aniqlashi va uni tegishli maxsus turga xos bo‘lgan tipik kriminalistik ma’lumotlar bilan solishtirishi bayon etilgan. Shuningdek, jinoiy guruh faoliyatini tergov qilishning dastlabki bosqichida tezkor qidiruv, tergov va ekspertiza muammolarini o‘z vaqtida va samarali hal qilishga yordam beradigan kriminalistik usul va vositalardan foydalanish asoslangan.
Kalit so'zlar
uyushgan jinoiy guruh, kriminalistik tekshiruv, operativ-qidiruv faoliyati, nazorat-reviziya organlari, tergov materiallari, agentlar, axborot olish.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 2341