BRAZILIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI JINOYAT QONUNCHILIGIDA JAZONI YENGILLASHTIRISH INSTITUTI

Islomov Bunyod Ochilovich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi, “KDB Bank O‘zbekiston” AJ bosh yuriskonsulti

Annotatsiya
Ushbu maqolada Braziliya Federativ Respublikasi jinoyat qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan jazoni yengillashtirish instituti, shu jumladan, jinoyat qonunining ortga qaytish kuchi, tamom bo‘lmagan jinoyatlarning suiqasd bosqichida sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash, og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olgan holda jazo tayinlash, voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligining o‘ziga xos xususiyatlari, mastlik holatida sodir qilingan jinoyatlar uchun javobgarlik, yengilroq jazo tayinlash tartibi, afv etish, amnistiya va marhamat ko‘rsatishga doir me’yorlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoni yengillashtirish, shartli hukm qilish, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, yuridik shaxslarning ekologiyaga qarshi jinoyatlar yuzasidan jinoiy javobgarligiga doir ayrim masalalar, aqli norasolik va cheklangan aqli rasolik holatida sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan taqdirda jazo tayinlash masalalari hamda maxsus qonun hujjatlari va mamlakat Jinoyat-protsessual kodeksining jinoiy jazoni yengillashtirishda tutgan o‘rni tahlil qilingan. Yakuniy fikr sifatida Braziliya Federativ Respublikasining ayrim jinoyat-huquqiy me’yorlarini O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga tatbiq qilishga doir takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
jinoyat qonunining ortga qaytish kuchi, yengillashtiruvchi holatlar, og‘irlashtiruvchi holatlar, voyaga yetmagan shaxs, jinoyat sodir etishga suiqasd qilish, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, mastlik, jinoyatda ishtirokchilik, cheklangan aqli rasolik, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv, afv etish, amnistiya, marhamat ko‘rsatish, shartli hukm qilish, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilish, yuridik shaxs.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 150