EKSPERTLARGA, TARJIMONLARGA, MUTAXASSISLARGA PROTSESSUAL VAZIFALARNI BAJARGANLIK UCHUN HAQ TOʻLASH

Sultonov Abdulla Azamatovich

Oʻzbekiston Respublikasi IIV akademiyasi Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqolada tergov yoki sud jarayonida oʻz vazifalarini bajargan ekspert, tarjimon va mutaxassislarga haq toʻlash mexanizmlari muhokama qilingan. Bunda asosiy eʼtibor protsessual xarajatlarga oid jinoyat-protsessual qonun hujjatlari, huquqni qoʻllash amaliyoti hamda jinoyat-protsessual huquqidagi noaniqliklarga qaratilgan. Aniqlangan masalalarning ekspert, tarjimon va mutaxassislarga bajargan vazifasi uchun haq toʻlash mexanizmlariga taʼsir darajasi oʻrganilgan. Qonunchilik normalari, mahalliy, shuningdek, chet ellik olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari qiyosiy-huquqiy tahlil qilingan. Ekspert, tarjimon va mutaxassislarning jinoyat protsessida tutgan oʻrni, ularga bajargan vazifasi uchun haq toʻlashda inobatga olinadigan jihatlar, jumladan, vazifalarni xizmat topshirigʻi tartibida bajarish xususiyatlariga oid aniqlashtiruvchi tavsiyalar berilgan. Tahlillar asosida ekspert, tarjimon va mutaxassislarga bajaradigan vazifasi uchun haq toʻlash mezonlari va shartlarini tartibga solish hamda jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan takliflar ishlab chiqilgan. Ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflarni qonunchilikni takomillashtirishda, jinoyat ishlarini yuritish amaliyotida, shuningdek, jinoyat-protsessual huquqi nazariyasini rivojlantirishda qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Mazkur takliflarning amalda joriy etilishi ekspert, mutaxassis, tarjimonni qonunda belgilangan protsessual huquq va majburiyatlariga toʻliq amal qilish hamda oʻz vazifalarini sidqidildan bajarishga undaydi hamda jinoyat protsessida shaxsning mulkiy huquqlari ishonchli muhofaza qilinishiga zamin yaratadi.
Kalit so'zlar
jinoyat ishi, protsessual vazifa, xarajat, haq toʻlash, ekspert, tarjimon, mutaxassis, xizmat topshirigʻi, miqdor, tergov, sud.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 247