HUJJATLARNI QALBAKILASHTIRISH VA QIMMATLI QOGʻOZLARNI SOXTALASHTIRISH BILAN BOGʻLIQ JINOYATLARNI TERGOV QILISHNING XORIJ AMALIYOTI
Shonazarov Abduvali Shonazarovich
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada hujjatlarni qalbakilashtirish va qimmatli qogʻozlarni soxtalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilishda xorij amaliyotining muhim jihatlari yoritilgan. Hujjatlarni qalbakilashtirish va qimmatli qogʻozlarni soxtalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar hozirgi zamonda eng keng tarqalgan jinoyatlar sirasiga kiradi. Texnologiya yangiliklari koʻpaygan sari undan foydalanish imkoniyatlari oshib boradi. Ayniqsa, hozirgi zamonda hujjatlarning haqiqiyligini saqlovchi xavfsizlik baland boʻlishiga qaramay, ularni qalbakilashtirish yoʻllari texnologiya sababli hali ham mavjuddir. Ushbu jinoyatning dolzarbligi shundaki, hujjatlarni soxtalashtirish faqatgina ijtimoiy xavfliligi bilangina dolzarb emas, balki uning zarari ham shaxsga, ham davlatga birdek zarar yetkazadi. Qimmatli qogʻozlarni qalbakilashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar esa davlatning iqtisodiy siyosatiga putur yetkazadi, shuningdek, iqtisodiy muvozanatni buzishga, davlatda ortiqcha pullar va boshqa qimmatli qogʻozlar koʻpayib ketishiga sabab boʻlyapti. Maqolada yuqoridagi muammolarni bartaraf etish uchun xorij amaliyotining dolzarb jihatlari bayon etilgan. Shuningdek, hozirda ko‘p uchrayotgan qalbaki hujjatlar va pullarni aniqlashning xalqaro uslublari ifodalangan. Jamiyat taraqqiyotining jadal rivoji davlat siyosatidan tortib to boshqaruv tizimining eng quyi pogʻonasigacha barcha sohalarda ish yuritishning zamon talablariga javob bera oladigan usullari qoʻllanishini talab qiladi. Shu sababli kerakli metod va usullarni o‘rganish va joriy etish muhimdir.
Kalit so'zlar
qimmatli qog‘ozlar, identifikatsiya, qalbakilashtirish, jinoyat, tergov, iqtisodiy jinoyat, indelgio, suv belgilari, filigranologiya.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 130