OʻZBEKISTONDA ADVOKATNING JINOYAT-PROTSESSUAL VAKOLATLARINI KENGAYTIRISH MASALALARI: QIYOSIY-HUQUQIY TAHLIL
Toshev Otabek Sodiqovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi oʻqituvchisi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya
Maqolada advokatning jinoyat-protsessual vakolatlarini amalga oshirishi bilan bogʻliq huquqiy muammolar ochib berilgan. Ushbu sohaga doir Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar qonunchiligi qiyosiy-huquqiy tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada advokatning jinoyat-protsessual vakolatlarini kengaytirishga oid takliflar ilgari surilgan. Qonunchilikda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan mazkur jinoyat ishi oʻz yurituvida boʻlgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning yozma ruxsatiga asosan va faqat himoyachi ishtirokida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchidan arizalar, tushuntirishlar yoki koʻrsatuvlar olish tartibi joriy etildi. Jinoyat ishlarida himoyachi ishtirokining majburiyligi kengaytirildi, yaʼni aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan ishlarda, dastlabki eshituv oʻtkazilayotgan ishlarda, oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlarda, shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, shuningdek, qamoqda saqlash, uy qamogʻi muddatini uzaytirish masalasi koʻrib chiqilayotganda himoyachi ishtiroki majburiyligi belgilandi. Shuningdek, gumon qilinuvchi u amalda ushlangan yoki jinoyat joyida ushlash bilan bogʻliq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan paytdan boshlab himoyachi olish imkoniga ega boʻldi.
Kalit so'zlar
advokat, himoyachi, jabrlanuvchining vakili, dalillarni yigʻish, xususiy detektivlik faoliyati, advokatning yordamchisi va stajori, guvoh, tergov harakatining bayonnomasi.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 86