O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JINOYAT PROTSESSI PRINSIPLAR TIZIMI VA MAZMUN-MOHIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Bazarova Dildora Baxadirovna
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor
Xan Vitaliy Vicheslalovich
Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi professori, yuridik fanlar nomzodi
Annotatsiya
Maqola jinoyat protsessi prinsiplari institutini, uning turli bosqichlarida jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlarini ta’minlashda jinoyat protsessi tamoyillarining ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada amaldagi prinsiplarga baho berilib, jinoyat-protsessual qonunchiligiga yangi tamoyillarni kiritish taklif etildi va prinsiplarni muayyan bosqichlarda amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi misollar keltirildi. Jinoyat protsessida shaxs huquq va erkinliklarini cheklashning mutanosibligi, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, oqilona muddat tamoyillari, ushbu tamoyillarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yo‘llari taklif qilingan. Odil sudlovning xalqaro tajribasi va standartlarini tahlil qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining ikkinchi bobini takomillashtirish masalalariga asosiy e’tibor qaratilgan.
Kalit so'zlar
prinsip, jinoyat protsessi, O‘zbekiston, ishtirokchilar, jinoyat-protsessual kodeksi.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 193