INSON OʻLIMI BILAN BOGʻLIQ JINOYATLARNI KVALIFIKATSIYA QILISHDA EKSPЕRT XULOSASINING AHAMIYATI

Olimov Bekmirza Tuxtapulatovich

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada ekspert xulosasining inson oʻlimi sababini, yetkazilgan tan jarohati darajasini va yuz bergan oqibat yuzasidan haqiqatni aniqlashdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, inson oʻlimi bilan bogʻliq ishlarda sud tibbiyotiga zaruriyatning paydo boʻlishi bilan bogʻliq ayrim manbalar, dunyo olimlari va mutaxassislarining jinoyat ishlarida tayinlanadigan va oʻtkaziladigan ekspertizalar huquqiy maqomiga oid fikrlari yoritilgan. Olib borilgan tahlillar natijasiga koʻra: 1) jinoyat ishlarini yuritishda shaxs huquqlarining lozim darajada taʼminlanishiga erishish orqali jinoyatlarni fosh etish, ish boʻyicha haqiqatni aniqlash natijasida adolat va qonun ustuvorligini taʼminlash hamda taraqqiyot strategiyasi dasturi yoʻnalishida belgilangan jinoyat protsessual qonunchiligini takomillashtirish maqsadida ushbu kodeksga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish; 2) “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan qonunchilik hujjatlarini maqbullashtirish natijasida tartibga solish yukining qisqartirilishini taʼminlash hamda ekspertiza tadqiqotlari oʻtkazilishi bilan bogʻliq protsessual harakat va hujjatlarning huquqiy tartibga solinishini yanada takomillashtirish; 3) inson oʻlimiga sabab boʻlgan jinoyat ishlarini yuritishda zararlar masalasiga oid boshqa tartiblarni amaliyotga kiritish; 4) onaning oʻz chaqalogʻini qasddan oʻldirishi jinoyatining kvalifikatsiya qilinishiga oid tegishli takliflar kiritilgan.
Kalit so'zlar
odil sudlov, qonun ustuvorligi indeksi, inson hayoti, qasddan odam oʻldirish, yashash huquqi, kuchli ruhiy hayajonlanish, inson oʻlimi, ekspertiza, sababiy bogʻlanish, kvalifikatsiya.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 1176