O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT QONUNIDA YENGILROQ JAZO TAYINLASH

Islomov Bunyod Ochilovich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi, “KDB Bank O‘zbekiston” AJ bosh yuriskonsulti

Annotatsiya
Ushbu maqolada jinoyat huquqida jazoni yengillashtirish instituti va jazoni yengillashtirish usullari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 57-moddasida nazarda tutilgan yengilroq jazo tayinlash, ya’ni sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda jazoni yengillashtirish tartibi, shuningdek, qayd etilgan tartibning ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘zda turilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar vositasida jazoni yengillashtirish hamda mazkur Kodeksning 571-moddasiga muvofiq aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganida jazo tayinlash tartibi bilan o‘zaro nisbati qator xorijiy mamlakatlar, shu jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotiga a’zo mamlakatlar jinoyat qonunlari bilan qiyosiy jihatdan tahlil qilingan. Jinoiy qilmishda jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlarni inobatga olish, so‘nggi qayd etilgan holatlarning ro‘yxatini shakllantirish hamda yengilroq jazo tayinlash tartibi qo‘llanilmaydigan holatlar ro‘yxatini kiritish masalalari ham e’tibordan chetda qolmagan. Qiyosiy tahlil natijalariga ko‘ra mazkur maqolaning xulosa qismida yuqorida tilga olingan bir qancha mamlakatlarning ayrim jinoyat-huquqiy me’yorlarini O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga tatbiq qilishga doir takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
yengillashtiruvchi holatlar, og‘irlashtiruvchi holatlar, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar, istisnoli holatlar, voyaga yetmagan shaxs, cheklangan aqli rasolik, afv etish, amnistiya, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv, shartli hukm, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, korrupsiya, tamom bo‘lmagan jinoyat.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 263