TERGOV SUDYASI – OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT PROTSESSIDA YANGI INSTITUT SIFATIDA

Qodiraliyev Saddam Baxtiyorjon oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi katta oʻqituvchisi

Gulmurodov Firuzbek Olimjon oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi

Annotatsiya
Ushbu maqolada tergov sudyasining huquqiy maqomi, tergov sudyasi institutining kelib chiqish tarixi va rivojlanish bosqichlari, jinoyat protsessida tergov sudyasi institutining ahamiyati va oʻziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 300-sonli qarori bilan 2024-yil yakuniga qadar tezkor-qidiruv va tergov harakatlariga sanksiya berish masalasini alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqish tartibi joriy etilishi belgilanganligi, tergov sudyasining nafaqat tezkor-qidiruv va tergov harakatlariga sanksiya berish, balki uning jinoyat protsessida ishni sudga qadar yuritish bosqichida sud nazoratini amalga oshirish tamoyilidan kelib chiqib tergov sudyasining vakolatlarini keng doirada belgilash masalalariga toʻxtalib oʻtilgan. Ayniqsa, ushbu institutning joriy etilishi bilan sudga qadar ish yuritishda taraflar faoliyatini tenglik va tortishuv asosida olib borish imkoniyati taʼminlanishi hamda ayblov tarafining ustunlik mavqeyiga barham berib, himoya tarafning protsessual maqomini oshirishga imkoniyat yaratilishi masalalari muhokama qilingan. Tergov sudyasi institutiga doir huquqshunos olimlarning fikrlari tahlil qilingan. Bu borada Qozogʻiston, Gruziya, Moldova, Estoniya davlatlari tajribasi va 2019-yildan Qirgʻiziston Respublikasi jinoyat protsessida joriy etilgan tergov sudyasi instituti ham asosiy tadqiqot obyektlaridan biri sifatida oʻrganilgan. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat protsessual qonunchiligida tergov sudyasining huquqiy maqomini belgilash, jinoyat protsessida sud nazorati tamoyili, ixtisoslashtirilgan tergov sudyalari korpusini shakllantirish yuzasidan tegishli takliflar berilgan.
Kalit so'zlar
jinoyat protsessi, tergov sudyasi, dalillarni koʻrib chiqish jarayoni, taraflarning tortishuvi, huquqiy maqom, sud nazorati, ixtisoslashtirilgan tergov sudyalari korpusi, protsessual maqom, protsessual vakolat.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 192