VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING SABABLARI VA ULARGA IMKON BERGAN SHART-SHAROITLARGA DOIR ILMIY YONDASHUVLAR
Niyozova Salomat Saparovna
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori
Annotatsiya
Mazkur maqolada voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarga doir ilmiy yondashuvlar bayon etilgan. Muallif voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarga doir ilmiy yondashuvlar masalalarini tahlil etishda ilmiy bilishning tarixiy, tizimli, mantiqiy qiyosiy-huquqiy, statistik, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish amaliyoti usullaridan keng foydalangan holda tahlil etgan. Maqolada voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi sabablari ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni taqozo qiladigan, uni oziqlantiradigan, koʻpayishini taʼminlaydigan hodisa, voqea va jarayonlarning yigʻindisi boʻlsa, jinoyat shart-sharoitlari esa jinoyatni bevosita keltirib chiqarmasa-da, lekin uning sodir etilishiga koʻmaklashadigan hodisa, voqea va jarayonlarning majmui hisoblanishi yuzasidan fikrlar berib oʻtilgan. Bundan tashqari, kriminologik tadqiqotlarda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarning oʻzga xos jihatlariga turli yondashuvlar mavjud boʻlishi hamda ularni ilmiy nuqtayi nazardan oʻrganish nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega ekanligi maqolada asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarini aniqlash, bu esa mazkur jinoyatchilikning oldini olish borasidagi tavsiyalar ishlab chiqish uchun muhimligi yuzasidan ham fikrlar berilgan.
Kalit so'zlar
voyaga yetmagan, jinoyatchilik, jinoyatchi shaxs, sabablar, shart-sharoitlar, oldini olish, kriminologiya, nazariya.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 270