JINOYAT HUQUQI TAMOYILLARI VA ULARNING AMALIYOTGA TATBIQ ETILISHI
Xodjayev Shoxrux Muzaffarovich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti yetakchi ilmiy xodimi
Annotatsiya
Maqolada jinoyat huquqining tamoyillari va ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilinadi. Unda jinoiy odil sudlov tizimi evolyutsiyasiga taʼsir koʻrsatgan uchta omil – jazolarni liberallashtirishga ehtiyoj ortib borayotgani, inson huquqlariga hurmat kuchaygani va xalqaro tajriba almashish qiymatini anglash koʻrib chiqiladi. Bundan tashqari, qilmishlarni jinoiy deb hisoblash hamda jinoiy javobgarlikni belgilash qoidalari va tamoyillarini shakllantirish asoslarini oʻrganishga nazariy yondashuvlar muhokama qilinadi. Shuningdek, jinoyat huquqi tamoyillarining mohiyati va tabiatiga nazariy yondashuvlar, jumladan, teologik taʼlimot, huquqiy pozitivizm va tabiiy huquq taʼlimoti tahlil qilinadi. Ushbu taʼlimotlarning jinoiy javobgarlik modellarini shakllantirishga taʼsiri muhokama qilinadi va qonun hujjatlarini qoʻllashda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda fanlararo yondashuvning ahamiyati taʼkidlanadi. Doktrinal qarashlar, gʻoyalar, jinoyat huquqi tamoyillarining tabiati va mohiyatiga, ularning tarixiy kelib chiqishiga oid nuqtayi nazarlar, shuningdek, xalqaro huquq hamda inson huquqlari yutuqlari, qadriyatlarining jinoiy-huquqiy tamoyillar tizimi shakllanishiga taʼsiri ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Mavjud konstitutsiyaviy qoidalarga tayangan holda, jinoyat huquqi tamoyillarining konstitutsiyaviy asoslari toʻgʻrisidagi xulosalar va mulohazalar keltiriladi.
Kalit so'zlar
tamoyillari, jinoyat huquqi, pozitivizm nazariyasi, teologik taʼlimot, tabiiy huquq taʼlimoti, norma.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 419