QILMISHNING JINOIYLIGINI ISTISNO QILUVCHI HOLATLARNING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI

Otegenova Luiza Joldasbayevna

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarning qiyosiy-huquqiy tahliliga doir masalalar koʻrib chiqilgan. Jumladan, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarning turlari va oʻzaro farqli jihatlarining qiyosiy huquqiy tahliliga oid nazariya hamda amaliyot oʻrganilgan. Masalan, zaruriy mudofaa holatida tajovuz qiluvchi mudofaalanuvchini ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishga jismoniy yoki ruhiy majburlamasligi yoxud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitmasligi, shunday majburlash oqibatida mudofaalanuvchi oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmay qolishi mumkin emasligi ham tahlil etilgan. Bundan tashqari, muallif zaruriy mudofaa holatida mudofaalanuvchi oʻzining yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan himoya qilishda uchinchi shaxslarga emas, tajovuzchiga zarar yetkazishi mumkinligiga ham toʻxtalgan. Maqolada ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatning bir turi ekanligi va uni zaruriy mudofaa hamda oxirgi zaruratdan ajratib turuvchi farqli jihatlari ahamiyat kasb etishi taʼkidlanadi. Muallifning fikricha, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazishning xavf manbayi faqat ushbu shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganidir.
Kalit so'zlar
jinoyat, javobgarlik, zaruriy, huquqiy, shartlar, mezon, mudofaa, tajovuz, ijtimoiy xavfli, qiyosiy.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 400