SOLIQQA OID MAʼMURIY HUQUQBUZARLIKLAR VA ULARNI SODIR ETGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
Ergashev Ikrom Abdurasulovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar doktori
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada soliq intizomini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikning huquqiy asoslari tizimli tahlil qilingan. Hozirga qadar soliq intizomini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikning ilmiy asoslari chuqur tadqiq etilmagan. Shu bois sohaga oid amaliyot kuzatildi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda soliq intizomini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik masalasi huquqiy va iqtisodiy jihatdan yetarlicha oʻrganilmagani asoslandi. Soliq intizomini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikning nazariy jihatlarini yoritib berishga harakat qilindi. Shuningdek, bugungi kunda dolzarb hisoblangan javobgarliklar toifasi – “soliq intizomini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik” tushunchasining mazmun-mohiyati tahlil etildi. Maqolada xorijiy mamlakatlar qonunchiligi boʻyicha qiyosiy tahlil bilan birga, amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish asosida soliq intizomini buzish holatlarini kamaytirish imkoniyati va yaqin kelajakda qilinishi lozim boʻlgan harakatlar yoritilgan. Muallif ushbu masalalarning huquqiy yechimini topishda soliq intizomini taʼminlash, soliq madaniyatini yuksaltirish va axborot texnologiyalarini qoʻllashni kengaytirish asosiy yoʻnalish boʻlishi zarur, degan qatʼiy pozitsiyani ilgari suradi. Shuningdek, ushbu sohadagi mavjud muammolar tahlilidan kelib chiqib taklif va tavsiyalarini ilgari suradi.
Kalit so'zlar
oliq intizomi, soliq tizimi, huquqbuzarliklar, soliqlar turlari, soliq majburiyati, soliq toʻlovchi, javobgarlik, yuridik javobgarlik, moliyaviy javobgarlik, maʼmuriy javobgarlik, huquqbuzarlik.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 155