O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT QONUNCHILIGI BO‘YICHA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISH UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK

Mamajanov Abrorbek Mirabdullayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi katta oʻqituvchisi, PhD

Muxammedaliyev Dauletali Muxammedali uli

Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti talabasi

Annotatsiya
Ushbu maqolaning maqsadi terrorizmni moliyalashtirish kabi jinoyatlar tarkibini aniqlashdan iborat. Terrorizmni moliyalashtirish terrorchilik harakatini sodir etish jarayonining dastlabki bosqichidir. U terrorchilarni barcha ehtimoliy vositalar bilan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan va tugʻdiradigan xavfi terrorizmning oʻzidan kam boʻlmaydi. Jinoyatning bu turi nafaqat terrorchilik harakatidan jabr koʻrgan fuqarolarga zarar yetkazadi, balki mamlakatning moliyaviy tizimiga ham salbiy taʼsir qiladi. Bu esa, oʻz navbatida, sohadagi davlat siyosatiga ham taʼsirini oʻtkazib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ushbu xavf bilan kurashishda qiyinchiliklar yaratadi. Profilaktika choralarini toʻgʻri amalga oshirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun, birinchi navbatda, jahon hamjamiyati uning tarkibini tushunishda bir fikrga kelishi kerak. Ushbu maqolada terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tan olingan xalqaro standartlar hamda xorijiy va mahalliy huquqshunos olimlarning qarashlari oʻrganilgan. Chuqur tahlil natijasida fosh etilgan barcha belgilar, ilmiy jamoatchilik fikr-mulohazalari, xalqaro standartlar va milliy qonunchilikni hisobga olgan holda toʻrtta elementdan iborat jinoyat tarkibi aniqlangan.
Kalit so'zlar
terrorizm, terrorizmni moliyalashtirish, jinoyat tarkibi, subyekt, obyekt, subyektiv tomon, obyektiv tomon.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 217