JAZONI O‘TASHDAN MUDDATIDAN ILGARI SHARTLI OZOD QILISH TUSHUNCHASI VA HUQUQIY AHAMIYATI

Kamalova Dildora G‘ayratovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Ibroximov Saidakbar Ilxom o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universtiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 4-bosqich talabasi

Annotatsiya
Ushbu maqolada jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish tushunchasi keng tahlil qilingan bo‘lib, jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishning muddatlari, qo‘shimcha talablari va ushbu institutning tub mohiyati bayon etilgan. Shu bilan birga, jinoyat huquqida muddatidan ilgari jazodan shartli ozod qilish tushunchasining ijtimoiy-huquqiy mohiyati, tizimi hamda jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni nazarda tutuvchi jinoyat qonuni normalarining rivojlanish tarixiga ham e’tibor qaratilgan. Tadqiqot materiallari asosida bir qator o‘zbek va xorij olimlarining fikr-mulohazalari va qarashlari tahlil qilingan. Bundan tashqari, maqolada ilmiy tadqiqot metodlari sifatida bir qator ilmiy metodologik usullardan foydalanish orqali mavzuning mohiyatini tushuntirishga harakat qilingan. Mavzuni yanada keng tahlil qilish uchun bir qator xorijiy davlatlarning jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish institutiga taalluqli jinoyat-huquqiy normalari ham atroflicha yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish institutiga kiritilgan so‘nggi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, statistik ma’lumotlar hamda amaliyot materiallari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada mavzuga oid xalqaro davlatlarning jinoyat qonunchiligiga tegishli normalariga tayangan holda muallif xulosalari ham bayon qilingan.
Kalit so'zlar
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilish, jazo, jazo muddatlari, Jinoyat kodeksi, jazoni ijro etish muassasasi, rejim, javobgarlik, qonun
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 178