OʻZBEK DAVLATCHILIGI TARIXIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH ETYUDLARI: AMIR TEMURNING KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SIYOSATI
Oblakulov Davlat Oltinboyevich
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi oʻqituvchisi, mustaqil izlanuvchi
Annotatsiya
Tarixiy manbalarni oʻrganish shuni koʻrsatadiki, korrupsiya tarixi aslida davlatchilik tarixidan kam emas, bundan tashqari, u har qanday davlatda mavjud boʻlgan. Mamlakatimizda korrupsiya qarshi kurash XXI asrga kelib Oʻzbekistonda davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Shu bilan bir qatorda, oʻzbek davlatchiligi tarixida korrupsiyaga qarshi kurash deyarli oʻrganilmagan boʻlsa ham, korrupsiyaviy jinoyatlarning alohida turlari darajasida javobgarliklar belgilangan. Jumladan, qadimgi Turon, Turkiston, Movarounnahrda yozilgan huquqiy asarlar va ular asosida tuzilgan hujjatlarda bir qancha huquqbuzarliklar singari poraxoʻrlik qattiq qoralangan va bunday xatti-harakatlar sodir qilgan shaxslarga nisbatan qattiq jazo choralari qoʻllash belgilangan. Mazkur maqolada Amir Temurning korrupsiya va poraxoʻrlikka qarshi kurashish siyosati yoritilgan. Bu borada “Temur tuzuklari” bilan bir qatorda Sharafiddin Ali Yazdiy, Nizomiddin Shomiy, Ibn Arabshoh, Abdurazzoq Samarqandiy, Davlatshoh Samarqandiy, zamonaviy olimlardan fransuz temurshunosi professor L. Keren, akademiklar Boʻriboy Ahmedov, Ibrohim Moʻminov, Akmal Saidov, Azamat Ziyo, Oʻzbekiston Respublikasi fan arboblari, professorlar Temur Shirinov, Halim Boboyev, professor Shohistaxon Oʻljayeva va boshqa olimlarning temuriylar tarixiga yoki mavzuni ochib berishga xizmat qiladigan asarlari, ilmiy tadqiqot ishlari oʻrganilib, Amir Temurning davlatda korrupsiyaga qarshi kurashishda olib borgan huquqiy tadbirlari tahlil qilingan.
Kalit so'zlar
“Temur tuzuklari”, tuzuk, toʻra, arzbegi, qozi, qozi askar, devonbegi, korrupsiya, poraxoʻrlik, mansabni suiisteʼmol qilish, talon-toroj, jazo
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 171