QO‘SHIMCHA JAZO TUSHUNCHASI VA IJTIMOIY MAZMUNI
Ametova Nurjamal Qudaybergenovna
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti doktoranti
Annotatsiya
Mamlakatimiz jinoyat qonunchiligida jazolar an’anaviy tarzda asosiy va qo‘shimcha jazolarga ajratiladi. Bunday tasnif aksariyat xorijiy davlatlarning jinoyat qonunchiligida ham mavjud bo‘lib, u jinoyat-huquqiy siyosatni takomillashtirish va jazoni individuallashtirishga xizmat qiladi. Jazolarni bunday farqlash natijasida qo‘shimcha jazolarning mohiyati, maqsadi, vazifalari hamda ularning ijtimoiy-huquqiy ahamiyati haqida ilmiy-nazariy muhokamalar olib borish zarurati yuzaga keladi. Qo‘shimcha jazolarning mohiyati va yuridik tabiati bilan bog‘liq muammolar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida jazo tushunchasiga berilgan umumiy ta’rif, ya’ni uning asosiy va qo‘shimcha turlariga aniq ajratilmagani sababli yuzaga keladi. Jazoning maqsadi, uni tayinlash tartibi va qo‘llash jarayonida ham shunga o‘xshash holat kuzatiladi. Qo‘shimcha jazo turlarining o‘ziga xos xususiyatlari ushbu jazolarni tayinlash shartlari, ularning mazmuni, qo‘llanish tartibi, jazoni o‘tashdan ozod qilish masalalari, sudlanganlik holati, amnistiya va afv jarayonlari doirasida namoyon bo‘ladi. Jazo choralarining normativ-huquqiy asoslari qonun chiqaruvchi tomonidan belgilangan bo‘lib, ularning muayyan ro‘yxati jinoiy-huquqiy xarakterdagi asosiy jazo turi sifatida qaralishi mumkin. Shu bilan birga, har qanday asosiy jazo chorasining jinoyat sodir etilishining o‘ziga xos holatlariga nisbatan qo‘llanishi natijasida uning barcha maqsadlariga to‘liq erishish imkoniyati doim ham kafolatlanmagan. Mazkur maqolada yuqoridagi holatlardan kelib chiqqan holda qo‘shimcha jazo tushunchasiga atroflicha to‘xtalib o‘tilib, mavzu yuzasidan muallifning xulosa va takliflari bayon etilgan.
Kalit so'zlar
jinoyat qonunchiligi, jazolar, asosiy jazo, qo‘shimcha jazo, majburiylik va ixtiyoriylik, tayinlash asoslari, jazo maqsadi
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 60