EKSPERT TEKSHIRUVI UCHUN NAMUNALAR OLISHDA SHAXSNING HUQUQLARI VA QONUNIY MANFAATLARINI TAʼMINLASH

Paraxatova Shaxnoza Yernazarovna

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat protsessi doirasida ekspert tekshiruvini oʻtkazish uchun namunalar olishda shaxsning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlashning huquqiy va protsessual jihatlari koʻrib chiqildi. Mavzuning dolzarbligi jinoiy odil sudlov manfaatlari va fuqarolarning Konstitutsiyada kafolatlangan huquqlari, jumladan, shaxs daxlsizligi, asossiz aralashuvdan himoyalanish hamda sud himoyasi huquqi oʻrtasidagi muvozanatni saqlash zarurati bilan belgilanadi. Qonuniylik, mutanosiblik va inson qadr-qimmatini kamsitishga yoʻl qoʻymaslik tamoyillarini hisobga olgan holda tadqiqotda namunalar olish tartibi tahlil qilindi. Jumladan, tanlash asoslari, tartibi va ruxsat etilgan usullarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar koʻrib chiqildi. Shaxsning roziligini olish zarurati, himoyachi ishtirokini taʼminlash, shuningdek, majburiy namuna olishda sud nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqiy tartibga solishning muammoli jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda Rossiya Federatsiyasi, Estoniya, Germaniya, Qozogʻiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi huquqiy tizimlarining qiyosiy-huquqiy tahlili tadqiqotning muhim qismi hisoblanadi. Taqqoslash orqali namunalar olish tartibini belgilash, shaxs huquqlarini himoya qilish darajasi va qonuniylikka rioya etilishini nazorat qilish mexanizmlaridagi ham umumiy, ham sezilarli farqlarni aniqlash imkoni tug‘ildi. Tahlillar asosida Oʻzbekistonda shaxs huquqlarining kafolatlarini mustahkamlash va jinoyat sudlov ishlarini yuritish samaradorligini oshirish maqsadida milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar
jinoyat protsessi, ekspertiza, namunalar, ekspert tekshiruvi, sud ishlarini yuritish, huquqlar, shaxs, odil sudlov, majburiy namuna olish, sud nazorati, daxlsizlik
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 24