JAZONI O‘TASHDAN MUDDATIDAN ILGARI SHARTLI OZOD QILISH INSTITUTINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Ochilov Samariddin Kamoliddinovich
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Bakalavriat fakulteti katta prokurori
Annotatsiya
Jamiyatda liberal munosabatlar keng qamrovli ahamiyat kasb etishi inson huquq va erkinliklari hamda jinoiy odil sudlov tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Ayniqsa, jazoni o‘tashga hukm qilingan shaxsning tuzalish yo‘liga o‘tganligini maqsadli baholash, shaxsga nisbatan qo‘llanilgan jazoning sifati va samaradorligini oshirishni taqozo qilmoqda. Shu jumladan, mahkumni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish institutini qo‘llashga oid qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish masalalarini tadqiq etish bugungi kundagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Garchi, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish jinoyat huquqining rag‘batlantiruvchi normasi hisoblansa-da, ushbu institutni qo‘llash kutilgan samara berishi bahsli muhokamalarni keltirib chiqaradi. Maqolada muallif tomonidan tadqiqotchi olimlarning jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishga oid turli qarashlari va ilmiy-nazariy ta’riflar berilgan bo‘lib, ushbu tadqiqot natijalari bugungi kun nuqtayi nazaridan tahlil qilingan, amaldagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotiga muvofiqligi o‘rganilgan. Shuningdek, bugungi kun jinoyat qonunchiligida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish instituti qo‘llashga oid ilmiy-nazariy qarashlar tahlil qilingan. Bu borada qonunchilik va sud amaliyotini o‘rganish natijasiga ko‘ra, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish institutini takomillashtirishning ilmiy-nazariy va huquqiy yechimlarini ishlab chiqishga qaratilgan takliflar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
jazo, sud, hukm, jinoyat, jazoni ijro etish, jazodan ozod qilish, mahkum, adolat, insonparvarlik, shartli ozod qilish, tuzalish, xulq-atvor
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 29