TRANSPORT INFRATUZILMASI LOYIHALARIDA KORRUPSIYAGA QARSHI SAMARALI CHORALARNING XALQARO TAJRIBASI: TAHLIL VA TAVSIYALAR
Mirzayeva Mohina Srojiddinovna
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqola yoʻl-transport infratuzilmasi loyihalarida korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro tajribasi, amalga oshirilgan ishlarning samarali choralari tahliliga bagʻishlangan. Xalqaro tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, korrupsiyaga qarshi samarali mexanizmlar – ochiq tender tizimlari, fuqarolik jamiyati nazorati, xalqaro monitoring organlari va javobgarlik mexanizmlari – infratuzilma loyihalarining samaradorligi va sifatini oshirishda muhim vositadir. Bunday tajribalarni oʻrganish va milliy amaliyotga tatbiq etish Oʻzbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlar uchun dolzarb vazifalardan biridir. 2022–2024-yillarda Oʻzbekistondagi yoʻl-qurilish sohasida tender jarayonlarida aniqlangan qoidabuzarliklar, davlat xaridlarida shaffoflik yetishmasligi, moliyaviy mablagʻlarni suiisteʼmol qilish holatlari va ularning iqtisodiy hamda ijtimoiy oqibatlari tavsifiy tahlil usulida koʻrib chiqildi. Xalqaro tajribadan Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tavsiyalari oʻrganildi. Shuningdek, Ukrainadagi “ProZorro”, Janubiy Koreyadagi KONEPS (Korea ON‑line E‑Procurement System), Turkiyadagi EKAP (Electronic Public Procurement Platform) kabi elektron xarid tizimlarining ochiqlik, raqamli integratsiya va hisobdorlikni taʼminlashdagi afzalliklari tahlil qilindi. Muallif milliy qonunchilikni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish, elektron tender platformalarini rivojlantirish, mustaqil monitoring organlarini kuchaytirish va fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etish orqali korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha aniq takliflarini ilgari surgan.
Kalit so'zlar
transport infratuzilmasi, korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat xaridlari, xalqaro tajriba, elektron tender tizimi, shaffoflik
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 26