IQTISODIY JINOYATLARNI TERGOV QILISH DAVOMIDA BAHOLASH XIZMATIDAN FOYDALANISH ASOSLARI

Raximova Ulzana Xamidullayevna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi dotsenti v. b., yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy jinoyatlar sonining ortib borayotgani munosabati bilan ushbu toifadagi jinoyatlar yuzasidan olib boriladigan dastlabki tergov jarayonida baholash xizmatlaridan foydalanishning huquqiy va amaliy asoslari yoritilgan. Xususan, davlat mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-taroj qilish, bojxona qonunchiligini buzish, soliq majburiyatlaridan boʻyin tovlash, noqonuniy tamaki va alkogol mahsulotlari savdosi, noqonuniy dori vositalari aylanmasi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish jarayonida jinoyat sodir etishda foydalanilgan mol-mulk va jinoyat natijasida orttirilgan daromadlarning haqiqiy qiymatini aniqlash maqsadida baholash oʻtkazish hamda baholash hisobotini jinoyat ishi boʻyicha dalil sifatida eʼtirof etish masalalari tahlil qilingan. Iqtisodiy jinoyatlar oqibatida yetkaziladigan moliyaviy zarar hajmini inobatga olgan holda byudjet xavfsizligini taʼminlashda baholash institutining muhim ahamiyatga egaligi asoslab berilgan. Shu munosabat bilan mazkur jinoyatlar boʻyicha olib boriladigan dastlabki tergov jarayonida dalillash tizimida baholash institutiga alohida va chuqur eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlangan. Shuningdek, maqolada iqtisodiy jinoyatlarni dalillash jarayonida baholash institutining oʻrni va ahamiyatini aniqlash maqsadida xorijiy olimlarning ilmiy tadqiqotlari, baholash sohasiga oid milliy hamda xorijiy qonunchilik normalari tahlil qilingan hamda huquqni qoʻllash amaliyotida uchraydigan holatlar misol tariqasida keltirilgan.
Kalit so'zlar
iqtisodiy xavfsizlik, baholash, iqtisodiy jinoyatlar, byudjet
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 49