KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV 3-SON / 2024

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Xaydarov Shuxratjon Djumaevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash jinoyati tushunchasi, oʻziga xos xususiyatlari hamda jinoyatning obyektiv belgilari bayon etilgan. Shuningdek, ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash jinoyatining obyektiv belgilari jinoyat huquqi mutaxassislari fikrlari asosida tahlil qilingan. Muallif ushbu olimlar fikrlariga ilmiy yondashib, oʻz fikrlarini ilmiy tahlil qilish asosida yoritgan. Bundan tashqari, maqolada ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash uchun javobgarlik belgilangan JK 115-moddasining ayrim boshqa oʻxshash jinoyatlar bilan bogʻliq jihatlariga ham toʻxtalib oʻtilgan. …

Kamalova Dildora Gayratovna

Yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD), Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani

Annotatsiya
Jinoyatni sodir etishga suiqasd qilish tamom boʻlmagan jinoyat turi boʻlib, jinoyatni sodir etish boshlanganligi bilan tavsiflanadi. Jinoyat qonuni bilan muhofaza qilinadigan obyektga tajovuz amalga oshirilib, zarar yetkaziladi yoki zarar yetkazish xavfi yuzaga keladi. Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish bosqichida muayyan jinoyat obyektiv tomonining bir qismi bajariladi, yaʼni JK Maxsus qismi dispozitsiyasida ifodalangan harakat yoki harakatsizlik toʻliq yoki qisman amalga oshiriladi, biroq shaxs istaganidek natija yuz bermaydi. Jinoyat huquqi doktrinasida suiqasd tamom boʻlgan va tamom boʻlmagan turlarga ajratiladi. …

Yermashev Jengis Maratovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada bojxona sohasidagi jinoyatlarni sodir etgan shaxsning kriminologik tavsifi masalalari tahlil qilingan. Bunda ijtimoiy-biologik, ijtimoiy-demografik va ijtimoiy-psixologik ma’lumotlarning jamlanishiga asoslanib, bojxona sohasidagi jinoyatlarni sodir etgan jinoyatchining shaxsiga tavsif berilgan. Xususan, bunday jinoyatlar odatda turmush qurgan, farzandli, o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan, kasbiy yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, moliyaviy barqaror erkak shaxs tomonidan sodir etilishi aniqlangan. …

Dadaxanova Durdona Abdukaxxarovna

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, Jinoyat ishlari boʻyicha Bektemir tuman sudi raisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada jinoyat sodir etgan shaxslarni majburiy mehnatga jalb qilish bilan bogʻliq jazolar tushunchasi yuzasidan ilmiy-nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bunda majburiy mehnat, jinoiy jazo hamda majburiy mehnatga jalb qilish bilan bogʻliq jazolar kabi tushunchalarning mazmuni va mohiyati atroflicha tahlil qilingan. Ushbu tushunchalar yuzasidan amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, Konstitutsiya normalari, xalqaro hujjatlar va boshqa milliy qonunchilik hujjatlarida qayd etilgan aloqador normalarga eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, ushbu masalada olimlarning qarashlari tahlil qilinib, har bir masala yuzasidan muallifning aniq xulosa va tavsiyalari ishlab chiqilgan. …

Abdullayev Diyor Ibodillayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, Kadrlar bo‘limi bosh mutaxassisi

Annotatsiya
Mamlakatimizda sud-huquq islohotlarini amalga oshirish jarayonida jinoyat-protsessual qonunchiligini liberallashtirish hamda takomillashtirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Aksariyat huquqshunos olimlar tomonidan uy qamogʻiga zamonaviy jinoiy siyosat va jinoiy odil sudlovni insonparvarlashtirish vositasi sifatida qaraladi. Milliy qonunchiligimizga koʻra, uy qamogʻi boshqa ehtiyot choralariga nisbatan yangi huquqiy institut hisoblanadi. Shu boisdan, huquqni qoʻllash amaliyotida yuzaga kelayotgan ayrim muammoli holatlarga oqilona yechim topish uchun ushbu ehtiyot chorasini hayotga tatbiq etish boʻyicha katta tajribaga ega xorijiy mamlakatlar jinoyat-protsessual qonunchiligini va mutaxassis olimlar fikrlarini ilmiy-nazariy jihatdan chuqur oʻrganish, ijobiy tajribadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. …