KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV 4-SON / 2024

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Sobitova Umidaxon Murod qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy voqelik sharoitida fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish ustidan prokuror nazorati masalalari ko‘rib chiqilgan. Mavzuning dolzarbligi fuqarolarning sog‘lig‘iga doir huquqlarini himoya qilish va reproduksiya bilan bog‘liq sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish zarurati bilan bog‘liq. Ilmiy maqola muallifi prokuratura nazoratining qonunchilik asoslari, shuningdek, uni reproduktiv tibbiyot sohasida amalga oshirish mexanizmlarini tahlil qilgan. Tadqiqot prokuratura faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi, jumladan, sog‘liqni saqlash qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish, ayollar va erkaklarning reproduktiv xizmatlardan foydalanish huquqlarini ta’minlash, shuningdek, kamsitish va tibbiy texnologiyalardan noto‘g‘ri foydalanish bilan bog‘liq qoidabuzarliklarning oldini olish. Shu munosabat bilan ushbu sohadagi vaziyatni yaxshilashga qaratilgan samarali prokuror aralashuvi, shuningdek, fuqarolarning huquqlarini suiiste’mol qilish va buzish holatlari ko‘rib chiqilgan. …

Niyozova Salomat Saparovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada jinsiy daxlsizlikka qarshi qaratilgan jinoyatlarda voyaga yetmagan jabrlanuvchilarning viktimologik tavsifiga doir masalalar tahlil etilgan. Voyaga yetmaganlar jinsiy daxlsizligi va erkinligiga qarshi qaratilgan jinoyatlar kriminologik jihatdan oʻrganish va buning viktimologik jihatlari kriminologiyaning tarkibiy qismini tashkil etishi yuzasidan ham fikrlar oʻrganilgan. Shuningdek, voyaga yetmaganlar jinsiy daxlsizligi va erkinligiga qarshi qaratilgan jinoyat sodir qilgan jinoyatchi shaxsiga qonun yoʻli bilan bunday jinoyatning oldini olishning qanday choralari koʻrilishi mumkinligi taʼkidlab oʻtilgan. …

Israilov Dilshod Shavkatovich

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi direktori oʻrinbosari, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Annotatsiya
Mazkur maqolada sogʻliqqa qarshi jinoyatlar tushunchasi, mohiyati va ularning tasniflanishiga doir masalalar tahlil etilgan. Shuningdek, sogʻliq insonga genetik tomondan beriluvchi muhim tabiiy boylik hisoblanishi, u har bir davlat tomonidan jinoiy-huquqiy jihatdan muhofaza qilinishi, uning tushunchasi, mohiyati va tasnifi boʻyicha olimlarning fikrlari oʻrganilgan. Bundan tashqari, maqolada muallifning sogʻliqqa qarshi jinoyatlarga taʼrifi berilgan boʻlib, ushbu jinoyatlar tarkibi moddiy xususiyatga ega ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, sogʻliqqa qarshi jinoyatlar obyektiv tomonining zaruriy belgisi sifatida tahlil etilayotgan jinoyatlar uchun qonunda koʻrsatilgan sogʻliqqa zarar yetkazish turidagi jinoiy oqibatlar va qilmish oʻrtasidagi sababiy bogʻlanishni aniqlash shartligi ham bayon etilgan….

Kamalova Dildora G‘ayratovna

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, Jinoyat ishlari boʻyicha Bektemir tuman sudi raisi

Ibroximov Saidakbar Ilxom o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universtiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 4-bosqich talabasi

Annotatsiya
Ushbu maqolada jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish tushunchasi keng tahlil qilingan bo‘lib, jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishning muddatlari, qo‘shimcha talablari va ushbu institutning tub mohiyati bayon etilgan. Shu bilan birga, jinoyat huquqida muddatidan ilgari jazodan shartli ozod qilish tushunchasining ijtimoiy-huquqiy mohiyati, tizimi hamda jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni nazarda tutuvchi jinoyat qonuni normalarining rivojlanish tarixiga ham e’tibor qaratilgan. Tadqiqot materiallari asosida bir qator o‘zbek va xorij olimlarining fikr-mulohazalari va qarashlari tahlil qilingan. Bundan tashqari, maqolada ilmiy tadqiqot metodlari sifatida bir qator ilmiy metodologik usullardan foydalanish orqali mavzuning mohiyatini tushuntirishga harakat qilingan. …

Meliyev Xudoyor Xurramovich

mustaqil izlanuvchi

Annotatsiya
Maʼmuriy tartib-taomillar, davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlari, umuman, davlat va fuqarolar oʻrtasidagi munosabatlar korrupsiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan sohalardir. Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilingan qonunchilik hujjatlarida bu omil hisobga olingan. Yaʼni korrupsiya xavfini minimallashtirish, jarayonlarda inson omilini kamaytirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Maqolada muallif maʼmuriy ish yuritishda byurokratiyani kamaytirish orqali davlat sektorida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qanday hal qilinayotganini oʻrgandi. …

Majidov Shahzod Abdixalil o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tayanch doktoranti

Annotatsiya
Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF–200-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023–2024-yillarga moʻljallangan davlat dasturi 3-bandida korrupsiyaga oid xabarlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlardan kelib chiqib, korrupsiyaga oid xabarlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarning asosiy, jumladan, xabar bergan shaxslarning himoya qiluvchi vakolatli davlat organlaridan shaxsiy va mulkiy xavfsizligini taʼminlashni talab qilish, qo‘llangan xavfsizlik choralarining qo‘llanish tartibi va ularning xususiyati haqida maʼlumot olish, oshkor qilingan maʼlumot manbasi sir saqlanishini talab qilish, yaqin qarindoshlariga nisbatan himoya choralarini qoʻllash yuzasidan murojaat qilish singari huquqlarini belgilash va ularni ro‘yobga chiqarish istiqbollari tahlil qilingan. …

Oblakulov Davlat Oltinboyevich

Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi oʻqituvchisi, mustaqil izlanuvchi

Annotatsiya
Tarixiy manbalarni oʻrganish shuni koʻrsatadiki, korrupsiya tarixi aslida davlatchilik tarixidan kam emas, bundan tashqari, u har qanday davlatda mavjud boʻlgan. Mamlakatimizda korrupsiya qarshi kurash XXI asrga kelib Oʻzbekistonda davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Shu bilan bir qatorda, oʻzbek davlatchiligi tarixida korrupsiyaga qarshi kurash deyarli oʻrganilmagan boʻlsa ham, korrupsiyaviy jinoyatlarning alohida turlari darajasida javobgarliklar belgilangan. Jumladan, qadimgi Turon, Turkiston, Movarounnahrda yozilgan huquqiy asarlar va ular asosida tuzilgan hujjatlarda bir qancha huquqbuzarliklar singari poraxoʻrlik qattiq qoralangan va bunday xatti-harakatlar sodir qilgan shaxslarga nisbatan qattiq jazo choralari qoʻllash belgilangan. Mazkur maqolada Amir Temurning korrupsiya va poraxoʻrlikka qarshi kurashish siyosati yoritilgan. …

Yusupov Nodirbek Abdujalilovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ishga qabul qilish jarayonida kuzatiladigan korrupsiyaning salbiy ta’sirlari batafsil yoritilgan. Xususan, korrupsiyaning mehnat bozori, ijtimoiy adolat tamoyillari va iqtisodiy rivojlanishga zararli ta’siri atroflicha tahlil qilingan. Ishga qabul qilish jarayonida korrupsiya sodir etilganda, malakasiz xodimlarning yollanishi yuzaga keladi. Bu esa ish unumdorligining pasayishiga olib kelib, davlat tashkilotlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada jamiyatda adolatsizlik va norozilik darajasi oshadi. Korrupsiya davlat va xalq o‘rtasidagi ishonchning suiiste’mol bo‘lishiga sabab bo‘ladi hamda davlat tashkilotlari obro‘siga putur yetkazadi. O‘zbekiston Respublikasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini kuchaytirish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. …

Oʻrazaliyev Murod Qorayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti professori

Annotatsiya
Ushbu maqola oiladagi zoʻravonlik, kelishmovchiliklar, ularning sabablari, obyektiv salbiy jihatlari hamda oldini olish yoʻllariga bagʻishlangan. Maqolada inson tajovuzkorligining psixologik mexanizmlari, jumladan, Zigmund Freydning tajovuzkorlik quvvati konsepsiyasi, Freyd izdoshlarining tajovuzkorlikning psixologik nazariyasi, Yel universiteti tadqiqot guruhi (Miller, Maurer, Sire va boshqalar) tomonidan ishlab chiqilgan va koʻplab yangi tadqiqotlarni oʻz ichiga olgan tajovuz frustrasiyasi doktrinasi, coercive power nazariyalari alohida oʻrganilgan. Ushbu nazariyada inson zoʻravonligi va tajovuzkorligi paydo boʻlishining barcha (shaxslar oʻrtasidagi, davlatlar oʻrtasidagi) koʻrinishlari tushuntirib berilib, mazkur nazariyaning mohiyati oddiy: jismoniy zoʻravonlik (majburlash kuchi)dan istalgan natijaga erishishning barcha boshqa usullari (masalan, ishontirish kuchi) foyda bermaganida (yoki mavjud boʻlmaganida) vosita sifatida foydalanilishi, umuman, zoʻravonlik yoki zoʻrlik biron-bir shaxsga nisbatan jismoniy kuch ishlatish, majburlash orqali taʼsir koʻrsatish ekanligi tadqiq etilgan. …