
KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV 2-SON / 2023
Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan
Niyozova Salomat Saparovna
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori
Annotatsiya
Mazkur maqolada huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasining milliy va xorijiy tajribasi tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada Kriminologiya fani doirasida jabrlanuvchining turli jihatlarini kompleks tadqiq qilish vazifasi qoʻyilib, jabrlanuvchisiz jinoiy qilmish boʻlishi mumkin emasligi yuzasidan fikrlar oʻrganilgan. Har qanday jinoiy qilmish oqibatida jabrlanuvchiga muayyan (moddiy, ijtimoiy, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy, bevosita, bilvosita va h.k.) zarar yetkazilishi hamda huquqbuzarliklardan har xil obyektlar yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan ijtimoiy ahamiyatga molik manfaatlarning egalari jabrlanishi mumkinligi borasida muallif oʻz fikrlarini bayon etgan. …
Islomov Bunyod Ochilovich
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi, “KDB Bank O‘zbekiston” AJ bosh yuriskonsulti
Annotatsiya
Ushbu maqolada Braziliya Federativ Respublikasi jinoyat qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan jazoni yengillashtirish instituti, shu jumladan, jinoyat qonunining ortga qaytish kuchi, tamom bo‘lmagan jinoyatlarning suiqasd bosqichida sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash, og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olgan holda jazo tayinlash, voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligining o‘ziga xos xususiyatlari, mastlik holatida sodir qilingan jinoyatlar uchun javobgarlik, yengilroq jazo tayinlash tartibi, afv etish, amnistiya va marhamat ko‘rsatishga doir me’yorlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoni yengillashtirish, shartli hukm qilish, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, …
Toshev Otabek Sodiqovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi oʻqituvchisi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya
Maqolada advokatning jinoyat-protsessual vakolatlarini amalga oshirishi bilan bogʻliq huquqiy muammolar ochib berilgan. Ushbu sohaga doir Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar qonunchiligi qiyosiy-huquqiy tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada advokatning jinoyat-protsessual vakolatlarini kengaytirishga oid takliflar ilgari surilgan. Qonunchilikda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan mazkur jinoyat ishi oʻz yurituvida boʻlgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning yozma ruxsatiga asosan va faqat himoyachi ishtirokida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchidan arizalar, tushuntirishlar yoki koʻrsatuvlar olish tartibi joriy etildi. …
Shonazarov Abduvali Shonazarovich
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada hujjatlarni qalbakilashtirish va qimmatli qogʻozlarni soxtalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilishda xorij amaliyotining muhim jihatlari yoritilgan. Hujjatlarni qalbakilashtirish va qimmatli qogʻozlarni soxtalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar hozirgi zamonda eng keng tarqalgan jinoyatlar sirasiga kiradi. Texnologiya yangiliklari koʻpaygan sari undan foydalanish imkoniyatlari oshib boradi. Ayniqsa, hozirgi zamonda hujjatlarning haqiqiyligini saqlovchi xavfsizlik baland boʻlishiga qaramay, ularni qalbakilashtirish yoʻllari texnologiya sababli hali ham mavjuddir. Ushbu jinoyatning dolzarbligi shundaki, hujjatlarni soxtalashtirish faqatgina ijtimoiy xavfliligi bilangina dolzarb emas, balki uning zarari ham shaxsga, ham davlatga birdek zarar yetkazadi. …