KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV 3-SON / 2023

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Yermashev Jengis Maratovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyat turi sifatida kontrabanda jinoyatining obyektiv belgilari, yaʼni ushbu qilmishning obyekti va obyektiv tomoni atroflicha tadqiq etilgan. Jumladan, ushbu maqolada kontrabandaning obyektini tahlil qilishda uning umumiy, maxsus, turdosh va bevosita obyektlariga (vertikal tasnif), shuningdek, bevosita asosiy, bevosita qoʻshimcha va bevosita fakultativ obyektlari (gorizontal tasnif) yuzasidan turli munozaralar tahlil qilingan hamda muallifning xulosasi bayon etilgan. …

Maxmadiyarova Xumora Oʻktamovna

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahri Chilonzor tumani sudi sudyasi yordamchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada jinoyat ishlari boʻyicha sud muhokamasi jarayonida taraflarning oʻzaro tortishuvini kuchaytirish, uning muhim tarkibiy qismi boʻlgan taraflar protsessual imkoniyatlaridagi tengligini taʼminlash, shuningdek, haqiqatni aniqlash jarayonida sudning oʻrnini aniqlash, uning dalillarni toʻplash, tekshirish va baholash davrida faollik darajasini belgilash masalalari ayrim rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi hamda aynan shu masalada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan protsessualist olimlarning ilmiy qarashlari asosida tahlil oʻtkazilgan. …

Bazarova Dildora Baxadirovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor

Xan Vitaliy Vicheslalovich

Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi professori, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
aqola jinoyat protsessi prinsiplari institutini, uning turli bosqichlarida jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlarini ta’minlashda jinoyat protsessi tamoyillarining ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada amaldagi prinsiplarga baho berilib, jinoyat-protsessual qonunchiligiga yangi tamoyillarni kiritish taklif etildi va prinsiplarni muayyan bosqichlarda amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi misollar keltirildi. …

Sultonov Abdulla Azamatovich

Oʻzbekiston Respublikasi IIV akademiyasi Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqolada tergov yoki sud jarayonida oʻz vazifalarini bajargan ekspert, tarjimon va mutaxassislarga haq toʻlash mexanizmlari muhokama qilingan. Bunda asosiy eʼtibor protsessual xarajatlarga oid jinoyat-protsessual qonun hujjatlari, huquqni qoʻllash amaliyoti hamda jinoyat-protsessual huquqidagi noaniqliklarga qaratilgan. Aniqlangan masalalarning ekspert, tarjimon va mutaxassislarga bajargan vazifasi uchun haq toʻlash mexanizmlariga taʼsir darajasi oʻrganilgan. …