KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV 4-SON / 2022

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Qurbonov Davlat Ravshanovich

Sh. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yuridik fakulteti Maxsus huquqiy fanlar kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent

Annotatsiya
Mazkur maqolada fuqarolarning asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri hisoblangan shaxsning ozodligiga qarshi jinoyatlarning obyekti bilan bog‘liq masalalar ilmiy-nazariy tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotning maqsadi shaxsning ozodligiga qarshi jinoyatlarga umumiy tavsif berish, ularning ijtimoiy xavfliligini yoritish, mazkur toifadagi qilmishlar tarkibida jinoyat obyektini tahlil qilish va xulosalar ishlab chiqishdan iborat…

Altiyev Razzoq Saidovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqola doirasida muallif O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida mustaqillik yillarida amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari mazmunini tahlil qilib, davlatning liberallashtirish siyosatida dekriminalizatsiyaning ahamiyatini yoritib bergan…

Muslimov Ikrom Tuxtamuratovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada tadqiq etishning mantiqiylik, tizimlilik, qiyosiy-huquqiy metodlaridan keng foydalanilgan. Jumladan, birinchi navbatda, jazoni yengillashtiruvchi holatlarga doir qonunchilik normalarining rivojlanishi, shuningdek, u haqdagi olimlarning ilmiy qarashlari, tadqiqotlari, ular o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlar atroflicha bayon qilingan.

Tosheva Maftuna Anvar qizi

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi o‘qituvchisi, TDYU tayanch doktoranti

Annotatsiya
Maqolada chet el qonunchiligida jamoat axloqiga qarshi jinoyatlar haqida so‘z yuritilgan. Fohishalik, pornografik mahsulotlar savdosi, tarix va madaniyat yodgorliklarini vayron qilish hamda shikastlash, dafn etilgan joylarni tahqirlash bilan bog‘liq jinoyatlarga alohida e’tibor qaratilgan.

Xoliqov Farhod O‘ktamovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurishish kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Maqolada muallif tomonidan bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatining obyektiv belgilariga oid ayrim mulohazalar bayon qilingan. Shuningdek, muallifning qayd etishicha, bugungi kunda rivojlangan bozor iqtisodiyoti va globallashuv jarayonlarida hech qaysi mamlakat o‘z qobig‘iga o‘ralib, faqat o‘zi ishlab chiqargan mahsulot hisobiga yashay olmaydi…

Базарова Дилдора Бахадировна

ТДЮУ Жиноят-процессуал ҳуқуқи кафедраси мудири, профессор в.б.

Annotatsiya
ақолада аксарият постсовет давлатларида энг кенг тарқалган хусусиятларга эга бўлган жиноят процессининг айрим муаммолари назарий ва амалий жиҳатдан ўрганиб чиқилган. Жиноятчилик устидан жиноят-процессуал назорат самарадорлиги, шунингдек, шахснинг ҳуқуқлари, эркинликлари ва манфаатларига риоя қилинишига таъсир кўрсатадиган шу каби бошқа муҳим омиллар, жумладан, жамиятнинг ижтимоий-иқтисодий, маънавий ва ахлоқий асосларидаги сўнгги ўзгаришлар, жиноятчиликнинг динамик ва таркибий кўрсаткичлари ўрганилган…

Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti doktoranti, kapitan

Annotatsiya
Ushbu maqolada ishni tergov qilish va sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli sodir etilgan qilmish yoki shaxs o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod etishda ish yuritishni rad etish yoki tugatish bilan bog‘liq protsessual muammolar va mazkur masalalarning huquqiy tartibga solish jihatlari tadqiq etilgan…