KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV 1-SON / 2023

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Chiniyev Dilshod Abdimuminovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar doktori

Sobitova Umidaxon Murod qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

Annotatsiya
Ushbu maqolada garovga olgan shaxsning kriminologik xususiyatlari tushunchasi va mazmuni o‘rganilgan. Garovga olish jinoyatini sodir etganjinoyatchining kriminogen va jinoiy shaxsni tashkil etuvchi o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqildi. Uch guruhni o‘z ichiga olgan jinoyatchi shaxsining tuzilishi o‘rganildi: ijtimoiy-demografik, ijtimoiy-rol (funksional) va ijtimoiy-psixologik. Maqolada, shuningdek, garovga olingan shaxslarning turlari ko‘rib chiqildi va quyidagi turlari ilgari surildi: siyosiylashtirilgan, jinoiy va muvozanatsiz…

Ermashev Jengis Maratovich

yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlarning bir turi sifatida bojxona qonunchiligi buzilishining obyektiv belgilari tahlil qilingan. Maqolada ushbu jinoyat obyekti o‘rganilgan hamda umumiy, maxsus, turdosh, bevosita asosiy va bevosita qoʻshimcha obyektlariga ko‘ra tasniflangan. Shuningdek, qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklarni inobatga olgan holda, ushbu jinoyat obyektlarining tarkibiga aniqlik kiritilishi tahlil qilinayotgan jinoyat tarkibidan, jumladan, xavfli chiqindilar va mamlakatimizga import qilinishi taqiqlangan buyumlarni jinoyat predmeti doirasidan chiqarish zaruratidan kelib chiqadi…

Toshpulatov Аkrom Ikromovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Jinoyat qonunchiligining samarali tizimini yaratish davlatning qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, inson huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, tinchlik va xavfsizlikni ishonchli himoya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Alohida turdagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun sanksiyalar qilmishlarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasiga nomuvofiqligi, jumladan, jazoning muqobil turlari, rag‘batlantiruvchi normalar va jamoat ta’sir choralari yetarli darajada qo‘llanmasligi va samarasizligi bu borada ilmiy izlanishlar olib borishning dolzarbligini belgilaydi…

Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti doktoranti, kapitan

Annotatsiya
Ushbu maqolada jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning protsessual asoslari bo‘lgan ish yuritishni rad etish va tugatish instituti hamda jinoyat-protsessual qonunchilikning rahbariy qoidalari hisoblangan jinoyat-protsessual kodeksi prinsiplarining o‘zaro mutanosibligi holatlari tadqiq etilgan. Shu bilan birga, Jinoyat-protsessual kodeksi prinsiplarining ahamiyati, qonunchilik va qonunchilikning mazkur sohasi rivojida tutgan o‘rni borasidagi fikr va qarashlar tahlil qilingan…

Shonazarov Abduvali Shonazarovich

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikum o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada uyushgan guruhlarni sodir etgan jinoyati uchun tergov qilishda tergov harakatlari o‘tkazishning muhim jihatlari yoritilgan. Shuningdek, tergovchi va operativ-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, dastlabki tergovni amalga oshirish kabi protsessual harakatlarning qanday tartibda bajarilishi keltirilgan. Mazkur tezisning asosliligi jinoyatlarning ko‘plab turlari, jumladan, uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish bilan bog‘liq…