KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV 2-SON / 2024

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Oʻrazaliyev Murod Qorayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada giyohvandlikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni takomillashtirish istiqbollari, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish muammosi, uning salbiy oqibatlari haqida fikr yuritiladi. Xususan, giyohvandlikka qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro hujjatlar, jumladan, 1961-yildagi Giyohvandlik vositalari toʻgʻrisidagi yagona konvensiya, 1971-yildagi Psixotrop moddalar toʻgʻrisidagi konvensiya hamda boshqa bir qator xorijiy va mahalliy qonun hujjatlari tahlil qilingan. …

Xudaykulov Feruzbek Xurramovich

Toshkent davlat yuridik universiteti professori v.b., yuridik fanlar doktori (DSc)

Annotatsiya
Mazkur maqolada tadqiq etishning mantiqiylik, induksiya, deduksiya, tizimlilik, mantiqiy-yuridik, qiyosiy-huquqiy metodlaridan keng foydalanilgan. Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish tushunchasi, jinoyat tarkibi obyektiv tomoni fakultativ belgilari tushunchasi va tuzilishi, jinoyat sodir etish joyi, vaqti, holati, usuli, quroli va vositasining oʻziga xos jinoyat-huquqiy tavsifi, ularning tuzilishi hamda qilmishni kvalifikatsiya qilishda ularning bir-biri bilan oʻzaro munosabati batafsil bayon qilingan. Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning nazariy asoslari va jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat obyektiv tomoni fakultativ belgilari toʻgʻrisida olimlarning ilmiy qarashlari, tadqiqotlari, ular oʻrtasidagi oʻzaro oʻxshash va farqli jihatlar haqida atroflicha bayon qilingan. …

Mamajanov Abrorbek Mirabdullayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi katta oʻqituvchisi, PhD

Muxammedaliyev Dauletali Muxammedali uli

Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti talabasi

Annotatsiya
Ushbu maqolaning maqsadi terrorizmni moliyalashtirish kabi jinoyatlar tarkibini aniqlashdan iborat. Terrorizmni moliyalashtirish terrorchilik harakatini sodir etish jarayonining dastlabki bosqichidir. U terrorchilarni barcha ehtimoliy vositalar bilan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan va tugʻdiradigan xavfi terrorizmning oʻzidan kam boʻlmaydi. Jinoyatning bu turi nafaqat terrorchilik harakatidan jabr koʻrgan fuqarolarga zarar yetkazadi, balki mamlakatning moliyaviy tizimiga ham salbiy taʼsir qiladi. Bu esa, oʻz navbatida, sohadagi davlat siyosatiga ham taʼsirini oʻtkazib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ushbu xavf bilan kurashishda qiyinchiliklar yaratadi. Profilaktika choralarini toʻgʻri amalga oshirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun, birinchi navbatda, jahon hamjamiyati uning tarkibini tushunishda bir fikrga kelishi kerak. …

Majidov Shahzod Abdixalil o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tayanch doktoranti

Annotatsiya
Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF–200-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023–2024-yillarga moʻljallangan davlat dasturining 3-bandida korrupsiyaga oid xabarlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar doirasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan tegishli himoya chorasi sifatida “Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar qiluvchi shaxslarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida belgilashga bagʻishlangan. …

Xoʻjamberdiyev Farrux Komilovich

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqolada jamoat xavfsizligini taʼminlash mexanizmining mazmuni, xususiyatlari va belgilari tahlil qilingan boʻlib, jamiyatda mavjud ijtimoiy masalalarni hal qilish hamda mamlakatimizda jamoat xavfsizligini taʼminlash mexanizmining obyekti va obyektiv tomonlarini belgilab olish yuzasidan fikr va mulohazalar oʻz aksini topgan. Shuningdek, maqolada jamoat xavfsizligining metodologik asoslarini oʻrganish, jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatining vujudga kelishi, rivojlanish va barqarorlashuvining umumiy qonuniyatlarini ochish, yondashuv, tamoyil va vositalarining ilmiy tizimi tahlil etilgan. …