FRANSIYA VA GERMANIYADA VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN QO‘LLANILADIGAN JINOIY JAVOBGARLIK VA JAZODAN OZOD QILISH TURLARINING TAVSIFI VA TAHLILI

To‘rabayeva Ziyoda Yakubovna

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ayni vaqtda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jinoyat-huquqiy sohadagi islohotlar ham jinoiy jazolarni liberallashtirish, voyaga yetmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazolashdan ko‘ra tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish orqali ularning yangi jinoyat sodir etishining oldini olish yo‘llarini izlab topishni va qonunchilikni takomillashtirishni taqazo etmoqda, ularga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar va boshqa huquqiy ta’sir choralarini kengaytirish dolzarb xususiyatga ega ekanligi xalqaro tajribalardan ko‘rinmoqda. Shundan kelib chiqib, ushbu maqolada voyaga yetmagan davrida jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan va jinoiy jazodan ozod qilish institutlari Fransiya va Germaniya tajribasi asosida tahlil qilinadi. Maqolada Fransiya va Germaniyaning ushbu sohadagi jinoiy qonunchiligining qiyosiy huquqiy tahlili berilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasining milliy jinoyat qonunchiligi bilan ushbu mamlakatlarning jinoyat qonunchiligidagi o‘xshashlik va farqli jihatlar nazarda tutilgan hamda voyaga yetmagan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish institutlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan, ularga nisbatan qo‘llaniladigan jazodan boshqa ta’sir choralarini takomillashtirish bo‘yicha xulosalar qilingan. Shuningdek, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jazo tayinlashning o‘ziga xos jihatlari, xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda javobgarlik va jazodan ozod qilish institutini takomillashtirish, xususan, pandemiya davrida va undan keyin ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo va boshqa huquqiy choralarini kengaytirish, voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda alohida prinsiplarni joriy etish masalalari tahlil qilindi, jinoyat qonun hujjatlariga takliflar kiritildi.
Iqtibos uchun
Kalit so'zlar
voyaga yetmaganlar, tarbiyaviy ta’sir choralari, majburlov choralari, jazo, javobgarlikdan ozod qilish.
For citation:
Tashriflar soni: 89