JINOYAT OBYEKTIV TOMONINING JAZONI YENGILLASHTIRUVCHI HOLATLARNI TASNIFLASHDAGI О‘RNI

Islomov Bunyod Ochilovich

“KDB Bank О‘zbekiston” AJ bosh yuriskonsulti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Maqolada jinoyat huquqida jinoyat obyektiv tomoni tushunchasi tahlil qilinib, jinoyat tarkibi mazkur elementining jazoni yengillashtirish institutining amal qilishida tutgan о‘rni izohlangan. Jinoyat huquqi nazariyasida jazoni og‘irlashtiruvchi holatlarni tasniflashda jinoyat tarkibi elementlaridan mezon sifatida foydalanish umumqabul qilingan yondashuvlardan biri hisoblansa-da, olimlar о‘rtasida jazoni yengillashtiruvchi holatlarni tasniflash borasida, xususan, jinoyat tarkibi elementlaridan mezon sifatida foydalanishga doir yagona nuqtayi nazar mavjud emas. Shu munosabat bilan maqolada, asosan, huquq tizimi va jinoyat qonunchiligi huquqiy mazmuni jihatidan О‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksiga yaqin sanalgan Mustaqil davlatlar hamdо‘stligi mamlakatlari olimlarining jinoyat obyektiv tomoni tushunchasi hamda jazoni yengillashtiruvchi holatlarni tasniflashga oid fikrlari kо‘rib chiqilib, bu borada jazoni yengillashtiruvchi holatlarni tasniflashda jinoyat tarkibi elementlaridan biri bо‘lmish jinoyat obyektiv tomoniga alohida e’tibor qaratilgan, jazoni yengillashtiruvchi holatlarni tasniflash yuzasidan takliflar ilgari surilgan.
Iqtibos uchun
Kalit so'zlar
jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar, jazoni individuallashtirish, jazoni yengillashtirish, aybdor shaxsi, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish.
For citation:
Tashriflar soni: 222