KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH: DEMOKRATIYA, BURCHLILIK VA TIZIMLI O‘ZGARISHLAR
Ahmadjonov Murodullo Nurali o‘g‘li
TDYU mustaqil izlanuvchisi, Namangan viloyati, Kosonsoy tuman prokurorining yordamchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada korrupsiya sohasida amalga oshirilgan xorij tadqiqotlari ko‘rib chiqilgan bo‘lib, unda korrupsiya va korrupsiyaviy xavf-xatarlarning rivojlanayotgan davlatlar demokratiyasi hamda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ko‘rsatayotgan salbiy jihatlariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, mazkur tadqiqot ishi korrupsiyaning paroxial, bozor va tizimli turlari hamda ularning bir-biridan farqlarini keng yoritib, zaif siyosiy tizimlar va mexanizimlar, haddan ortiq byurokratiya, iqtisodiy tengsizlik kabi jamiyatdagi illatlarni qoralaydi. Bundan tashqari, ushbu maqolada korrupsiya va rivojlanish o‘rtasidagi murakkab va uzviy bog‘lanishga hamda korrupsiya – demokratik jamiyatni yemirib borayotgan taraqqiyot kushandasi ekanligiga ahamiyat berilgan. Maqolada jamoatchilik ishtiroki, shaffoflik va davlat xizmatchilarining halolligi korrupsiyaga qarshi kurashish borasida asosiy omil ekanligi qayd etilgan. Shu bilan birga, tadqiqot ishida faqat jazoga asoslangan yondashuvlar (chora-tadbirlar) tanqid qilinib, asosiy muammolarning yechimini topish va korrupsiyadan xoli bo‘lgan davlat boshqaruvini mustahkamlashga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga urg‘u berilgan. Bu borada Gonkong davlatining ICAC davlat organi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va erishilayotgan yutuqlarga ahamiyat berilgan. O‘z navbatida, maqolada asosiy e’tibor korrupsiya va korrupsiya xavfini bartaraf etish masalalarida davlatning jinoiy javobgarlikka tortish va jazolash funksiyasiga emas, balki boshqaruvdagi tizimli mexanizimlarni o‘zgartirishga qaratilgan. Shuningdek, maqolada demokratiya va korrupsiya o‘rtasidagi murakkab va muammoli bog‘liqlik yoritilgan. Darhaqiqat, demokratik institutlar zaiflashganda korrupsiya avj oladi, chunki ishonchli bo‘lmagan nazorat mexanizmlari fuqarolik hamda siyosiy erkinliklarni cheklaydi. Yuqorida qayd etilgan muammolarni hal qilish uchun mazkur maqolada bir nechta tizimli takliflar ham berilgan.
Kalit so'zlar
ijtimoiy korrupsiya, korrupsiyaviy tahlil, madaniy qadriyatlar, oldini olish strategiyalari, empirik chora-tadbirlar, shaxsiy javobgarlik, tizimli islohotlar, ijtimoiy normalar
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 251