KORRUPSIYANING OLDINI OLISHDA SUN’IY INTELLEKTNI QO‘LLASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Kalit so‘zlar:
korrupsiya, sun’iy intellekt, huquqbuzarlik, javobgarlik, davlat xaridi, funksiyaAnnotatsiya
Maqola korrupsiyaning oldini olishda sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va davlat xaridlarining shaffofligini oshirishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Bunday texnologiyalarni joriy etishning tashkiliy-huquqiy shartlariga hamda ularni amaliyotda qo‘llash jarayonida hisobga olinishi lozim bo‘lgan omillarga alohida e’tibor qaratilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashishda sun’iy intellektdan foydalanayotgan xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgan. O‘tkazilgan tahlil asosida xorijiy tajribaning O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimi xususiyatlarini hisobga olgan holda moslashtirilishi mumkin bo‘lgan jihatlari aniqlangan.



