SO‘ROQ QILISHNI TASNIFLASHNING NAZARIY VA PROTSESSUAL-HUQUQIY MASALALARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

jinoyat protsessi, so‘roq qilishni tasniflash, protsessual maqom, tergov vaziyati, kommunikatsiya usuli, masofaviy so‘roq qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, protsessual kafolatlar

Annotatsiya

Mazkur maqolada jinoyat protsessida so‘roq qilishni tasniflashning nazariy, protsessual-huquqiy va kriminalistik asoslari kompleks tahlil qilingan. Ilmiy adabiyotlarda shakllangan yondashuvlar qiyosiy o‘rganilib, so‘roq qilish turlarini ajratishda qo‘llanadigan mezonlarning mazmuni va amaliy ahamiyati ochib berilgan. So‘roq qilishni so‘roq qilinuvchining protsessual maqomi va yoshi, o‘tkazilish ketma-ketligi, axborot hajmi va xususiyati, ishtirokchilar tarkibi, tergov vaziyati, kommunikatsiya usuli, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, isbotlashdagi funksional maqsadi hamda jinoyat protsessi bosqichiga ko‘ra tasniflash taklif etilgan. Maqolada qo‘shimcha va qayta so‘roq qilish tushunchalarining mazmuni, maqsadi va protsessual vazifalari o‘zaro farqlanib, qayta so‘roq qilishga mualliflik ta’rifi berilgan. Shuningdek, jismoniy va kommunikativ xususiyatlarga ega shaxslarni hamda masofaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida so‘roq qilishni mustaqil tasniflash mezonlari sifatida ajratish asoslangan. Tadqiqot natijasida so‘roq qilish turlarini ko‘p mezonli protsessual-kriminalistik tizim shaklida tasniflash va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimcha hamda qayta so‘roq qilish asoslarini belgilovchi alohida norma kiritish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-10-05

Qanday Iqtibos Keltirish

SO‘ROQ QILISHNI TASNIFLASHNING NAZARIY VA PROTSESSUAL-HUQUQIY MASALALARI. (2026). KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV, 6(3), 33-47. https://ccj.tsul.uz/index.php/kjos/article/view/180