JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH TIZIMI VA UNING AYRIM MODELLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

jinoyatchilikka qarshi kurashish, kriminologik tizim, jinoyatchilikka qarshi kurashish modeli, anglo-amerika modeli, kontinental model, postsovet modeli

Annotatsiya

Ushbu maqolada jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimi nazariy-doktrinal tizim, qonunchilik tizimi va amaliy faoliyat tizimining o‘zaro bog‘liq birligi sifatida tadqiq etilgan. Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish modeli tushunchasining mazmuni ochib berilgan hamda xorijiy olimlar tomonidan ilgari surilgan yondashuvlar asosida turli modellar qiyosiy tahlil qilingan. Xususan, islom, anglo-amerika, kontinental, sovet va postsovet modellarining o‘ziga xos xususiyatlari, afzallik va kamchiliklari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimlarini huquqiy an’analar, davlat boshqaruvi xususiyatlari va jamiyatning ijtimoiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib baholash zarurligi asoslantirilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-10-05

Qanday Iqtibos Keltirish

JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH TIZIMI VA UNING AYRIM MODELLARI. (2026). KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV, 6(3), 123-131. https://ccj.tsul.uz/index.php/kjos/article/view/188