JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH TIZIMI VA UNING AYRIM MODELLARI
Kalit so‘zlar:
jinoyatchilikka qarshi kurashish, kriminologik tizim, jinoyatchilikka qarshi kurashish modeli, anglo-amerika modeli, kontinental model, postsovet modeliAnnotatsiya
Ushbu maqolada jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimi nazariy-doktrinal tizim, qonunchilik tizimi va amaliy faoliyat tizimining o‘zaro bog‘liq birligi sifatida tadqiq etilgan. Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish modeli tushunchasining mazmuni ochib berilgan hamda xorijiy olimlar tomonidan ilgari surilgan yondashuvlar asosida turli modellar qiyosiy tahlil qilingan. Xususan, islom, anglo-amerika, kontinental, sovet va postsovet modellarining o‘ziga xos xususiyatlari, afzallik va kamchiliklari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimlarini huquqiy an’analar, davlat boshqaruvi xususiyatlari va jamiyatning ijtimoiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib baholash zarurligi asoslantirilgan.
Yuklab Olishlar
Nashr qilingan
2026-10-05
Son
Bo‘lim
Articles
Qanday Iqtibos Keltirish
JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH TIZIMI VA UNING AYRIM MODELLARI. (2026). KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV, 6(3), 123-131. https://ccj.tsul.uz/index.php/kjos/article/view/188



